“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 05:29
ЎЗO‘Z

“Qamchiq” dovonidagi vaziyat FVV maqtaganchalikmi yoki... (Video)

30 dek, 21:11 6 583 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Qamchiq” dovonidagi vaziyat FVV maqtaganchalikmi yoki... (Video) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi har kun “Qamchiq” dovonidagi noqulay sharoit, havo haroratining tushib ketishi, yo‘llarning muzlashi va tuman tushishi haqida aholini ogohlantirib kelmoqda.

Qolaversa, vazirlikning Matbuot xizmati tomonidan “Qamchiq” dovonida FVV xodimlarining muntazam faoliyati tashkil etilgani, avtomobillarning harakatlanishiga sharoit yaratilayotganini xabar qilinmoqda. Kuni kecha 44 avtomobil qor uyumlari ostidan chiqarib olingani haqida ham xabar berilgan edi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rmagan, guvohi bo‘lmagan xabarlarga ishonish mumkinmi? Vazirlikning hisobot o‘laroq bergan ma’lumotlarigachi?

Facebook ijtimoiy tarmog‘ining “Xalq bilan muloqot” guruhiga joylashtirilgan video bizni ana shu savollarni berishga undadi.

Videoda FVVning qutqaruv guruhi xodimiga 3-4 kishining e’tiroz bildirayotgani aks etgan. Videodagi odamlarning umumiy soni chamasi 200 kishini tashkil etadi. E’tiroz bildirayotgan ayollardan biri odamlar dovonga soat 07:00 atrofida kirganini, hamon kutib o‘tirganini, ikki soatdan keyin yo‘llar muzlashini aytib, “Yana odamlar dovonda qoladimi?”, degan savol bilan murojaat qiladi.

Ikki erkak esa texnikalar qayerdaligini, nega bitta texnika ishlayotgani sababini so‘raydi. FVV xodimi ham yetarli asoslari borligini aytib, vaziyatni tushuntirishga harakat qiladi. Biroq bu o‘rinda birgina xodimning shuncha odamga bas kelishi qiyin, garchi haqli bo‘lsa-da. Boisi ayb faqat bir kishida emas, o‘z vakolati va vazifasini suiiste’mol qilgan yuzlab xodimlarda bo‘lishi ham mumkin.

Videoni ko‘ring, xulosa chiqarishni sizga qoldiramiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 79
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 46
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 74
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 36
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 12
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 49
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 23
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 23
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 73
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 67
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 18
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 59
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 48
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 43
  • Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor” 05 мая, 20:43 95
  • Bo‘limlar