“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:34
ЎЗO‘Z

«Qamchiq» dovonida​ 44ta mashina qor uyumidan chiqarib olindi

28 dek, 11:20 6 293 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Qamchiq» dovonida​ 44ta mashina qor uyumidan chiqarib olindi 27 dekabr kuni «Qamchiq»​ dovonida kuchli shamol esishi, qor yog‘ishi va yo‘llarning muzlashi natijasida avtotransport vositalarning harakati cheklangan bo‘lib, yo‘lni harakat qismini qordan tozalash maqsadida transport vositalari oz-ozdan o‘tkazildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, «Qamchiq» dovonidagi tegishli xizmatlar tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida avtomobil yo‘li qordan tozalanib, soat 17.20da avtotransport vositalarining harakati tiklanib, ikki tomonlama amalga oshirilmoqda. Harakatning vaqtinchalik cheklov davomida, haydovchi va yo‘lovchilar uchun kutish va isinish maskanlari tashkil etilib, jumladan, 70 nafardan ortiq kishilar doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi postlarga joylashtirilgan.

«1800 nafarga yaqin kishi 45ta umumiy ovqatlanish maskanlariga joylashtirilib, issiq choy va ovqat bilan ta’minlandi, ulardan 29 nafar bola onalari bilan «Ona va bola» xonalariga joylashtirildi. 25 nafardan ortiq haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatildi, 44ta avtotransport vositalari qor uyumidan chiqarib olindi, ulardan 6 ta avtotransport vositalari evakuator yordamida texnik ta’mirlash maskanlariga yetkazildi. Harakatdagi statsionar yoqilg‘i quyish shoxobchasi tashkil etildi», deyiladi xabar matnida.

Shuningdek, yo‘lning muzlashi va ko‘rinishning yomonlashishi saqlanib qolinishini inobatga olgan holda, haydovchi va yo‘lovchilardan xavfsizlik qoidalariga rioya etishi so‘raladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar