“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 12:55
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyevning qizi vazirlikda ishlamoqda

26 dek, 21:00 16 883 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyevning qizi vazirlikda ishlamoqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza (Mirziyoyeva-Shaxanova) yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida ish faoliyatini boshladi. Shahnoza Shavkatovna vazirlik tizimida aynan qanday lavozimda ekani ma’lum emas. Ammo, Kun.uz bilan suhbatlashgan bir nechta manba Shahnoza Shaxanova vazirlik mas’ul xodimasi ekanini tasdiqlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 dekabr kuni o‘tkazilgan maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Shahnoza (Mirziyoyeva-Shaxanova) vazir Agrepina Shin hamda uning o‘rinbosarlari qatoridan joy olgandi. Ushbu videoselektor yig‘ilishi «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgandi. O‘sha kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan bu sohada alohida vazirlik – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etilgan.

Maktabgacha tarbiya ta’lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi.

Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta’lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bog‘chalarga qamrab olingan, xolos.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 1
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 66
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 65
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 101
  • So'nggi yangiliklar
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 0
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 35
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 13
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 6
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 70
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 55
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 84
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 65
  • Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi 02 мая, 08:53 24
  • AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi 02 мая, 08:32 129
  • Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi 02 мая, 08:27 83
  • Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi 02 мая, 08:21 42
  • Bo‘limlar