“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 08:51
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev vafot etdi

26 dek, 09:03 7 173 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev vafot etdi Mamlakat qishloq xo‘jaligi tizimida ko‘p yillar samarali mehnat qilib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan va xalq hurmatiga sazovor bo‘lgan O‘zbekiston Qahramoni Avaz Ergashev shu yil 25 dekabr kuni vafot etdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev va hukumat a’zolari ta’ziya izhor etishdi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Kun.uz» xabar bermoqda.

A.Ergashev 1949 yilda Jomboy tumanida tug‘ildi. Faoliyati davomida Jomboy tumanidagi jamoa xo‘jaligida brigada boshlig‘i, bosh agronom va xo‘jalik raisi vazifalarida, shuningdek, «Jomboy don» aksiyadorlik jamiyati, tuman mashina-traktor parkida rahbarlik lavozimlarida mehnat qildi. 2009-2015 yillarda Jomboy tumanidagi «Avaz agro hosil» fermer xo‘jaligi boshlig‘i sifatida samarali faoliyat olib bordi.

A.Ergashev o‘zining ko‘p yillik faoliyati davomida paxtachilik, g‘allachilik, chorvachilik va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. Ayniqsa, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda fermerlik harakatini tashkil etish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini shakllantirish borasida fidokorona mehnat qildi. Uning rahbarligidagi fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha viloyatda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelgan.

A.Ergashev so‘nggi yillarda nafaqada bo‘lishiga qaramasdan, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, qishloq va mahallalarni obod qilish, yoshlarni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, agrar tarmoqni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishish borasida o‘zining maslahat va yordamini ayamay, aholi o‘rtasida yuksak obro‘-e’tiborga ega edi.

Uning ko‘p yillik samarali mehnati davlat tomonidan munosib taqdirlanib, O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan mukofotlangan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 66
  • Bo‘limlar