“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 19:49
ЎЗO‘Z

Toshkentga sifatsiz go‘sht mahsuloti yetkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi

26 dek, 06:22 8 141 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentga sifatsiz go‘sht mahsuloti yetkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh fosh etildi Qashqadaryo viloyatidan Toshkent shahriga yetkazib berilayotgan sifatsiz go‘sht mahsulotlari kanali aniqlangan. Dastlabki tergov-surishtiruv natijalariga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruh rahbari — 1977 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, H.B. 10 yillardan buyon shu noqonuniy faoliyat bilan shug‘ullanib kelgan. Garchi sifatsiz go‘sht mahsulotini iste’mol qilgan kishilar hayoti xavf ostida qolishini bilsa-da, jinoiy guruh a’zolari o‘z harakatini davom ettiravergan.

Uyushgan jinoiy guruhning faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan nuqta qo‘yilgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Uyushgan jinoiy guruh a’zolari mahalliy veterinar, qassob hamda dallollar orqali o‘lishi aniq bo‘lgan bo‘lgan kasal chorvalar va harom o‘lib qolgan mollar to‘g‘risida ma’lumot to‘plashgan. Ana shunday har bir yetkazilgan xabar uchun 15 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha pul to‘langan.

Sifatsiz go‘sht mahsulotiga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani veterinariya bo‘limi xodimlari B.E. va N.S. tomonidan arzimagan 10–15 ming so‘m evaziga soxta ma’lumotnoma tayyorlab berilgan.

Guruh a’zolari har oyda kilosi 10–15 ming so‘m qiymatidagi o‘rtacha 25–30 tonna sifatsiz go‘sht mahsulotlarini Toshkent shahriga yetkazib kelishgan. Toshkentga keltirilishi nazarda tutilgan go‘shtlarga, avval, Zangiota tumanida tashkil etilgan yashirin sexda kimyoviy ishlov berilgan. Kimyoviy tozalash va chiroy berilgan go‘sht bozorlar rastalariga kilosining narxi 25–30 ming so‘mdan chiqarilgan.

Milliy xavfsizlik xizmati tezkor-qidiruv va tergov guruhi xodimlari tomonidan aniqlangan holatga ko‘ra, uyushgan jinoiy guruhning 16 nafar a’zosi qo‘lga olinib, Toshkent shahar IIBB huzuridagi reabilitatsiya markaziga keltirilgan.

Aniqlanishicha, jinoiy guruh yetkazib bergan go‘shtlar Toshkent shahrining Olmazor, Yunusobod, Yashnobod, Shayhontohur tumanlarida faoliyat yuritadigan ayrim savdo markazlarida, jumladan, «Eski Jo‘va» dehqon bozori, «Asl sifatli ta’m» MChJ, «Tegen» do‘konlarida, YaTT «Mo‘minov Xusan Xursanjonovich»ga qarashli somsaxona, yakka tartibdagi tadbirkorlar «Fayziyev F.Z.»​, «​Kasimov G.G.»​ va boshqalarga tegishli qassobxonalarda sotuvga chiqarilgan. Shuningdek, Toshkent viloyati Zangiota va Olmaliq tumanida ham shunday vaziyat kuzatilgan.

Ma’lum qilinishicha, guruh rahbari H.B. orttirgan noqonuniy daromadi ortidan o‘zining hamda yaqin qarindoshlarining nomiga 4 ta avtomashina, Toshkent va Qashqadaryo viloyatida uy, restoranlarni rasmiylashtirgan.

Ayni paytda uyushgan jinoiy guruhga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, tergov jarayoni davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ilgari Toshkentdagi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona eshak go‘shti ishlatmoqchi bo‘lgani fosh qilingani haqida xabar bergan edik.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 0
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 0
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 0
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 0
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 0
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 32
  • Putin beshinchi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirishdi 07 мая, 17:41 20
  • Zelenskiy va Budanovni yo‘q qilmoqchi bo‘lgan agentlar fosh etildi 07 мая, 17:34 70
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 199
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 139
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 68
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 85
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 130
  • Bo‘limlar