“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 10:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonning “Bosh archa”si qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi

22 dek, 10:22 15 433 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonning “Bosh archa”si qayerga o‘rnatilgani ma’lum qilindi Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram archalari poytaxtning 12 ta maydonida o‘rnatilishi belgilandi. Bayramning “Bosh archa”si va bosh sahna Labzak va Qodiriy ko‘chalarida joylashgan “Navro‘z” bog‘ida bunyod etildi. Hozirda mazkur maydonda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari boshlangan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari yurtdoshlarimizga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib bormoqda.

Bundan tashqari, archalar odatdagidek “Mustaqillik va ezgulik” maydoni, Algoritm dahasidagi “Roison Elektronics” korxonasi oldi maydoni, Shayxontohur tumanidagi “Xadra” maydoni, “Lokomotiv-Anxor” istirohat bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomotiv” istirohat bog‘i, “Eko bog‘” old maydoni, Olmazor tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yashnobod tumanidagi “Do‘stlik” va “Ashxobod” istirohat bog‘lari, Sergeli tumanidagi “Greenpark” bog‘i hamda Bektemir tumanidagi “Quyoshcha nuri” bog‘i hududlarida o‘rnatiladi.

Yangi yil bayrami madaniy tadbirlari 2017 yilning 25 dekabridan 2018 yilning 8 yanvarigacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimligi hamshaharlarimiz va poytaxt mehmonlariga yuksak bayram kayfiyatini tilagan holda, joylarda belgilangan tartibga rioya etishni so‘raydi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 36
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 74
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 371
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 105
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 2
  • Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi 04 мая, 08:35 33
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 4
  • Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi 04 мая, 07:40 75
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 43
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 43
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 158
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 66
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 127
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 74
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 320
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 143
  • Bo‘limlar