“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 17:05
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda 1,5 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyada gumon qilinmoqda

21 dek, 11:44 7 414 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda 1,5 mingdan ortiq mansabdor shaxs korrupsiyada gumon qilinmoqda O‘zbekistonda 2017 yil birinchi yarim yil davomida korrupsiyaga aloqadorlikda gumon qilingan 1566 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 1130 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, deb yozmoqda Sof nashri.

Sud organlariga 1442 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 954 ta jinoyat ishlari yuborilgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga, qo‘zg‘atilgan jinoyi ishlar soni esa 22 foizga kamaygan. Shuningdek, korrupsiya jinoyatlari natijasida yetkazilgan zararning 77 foizi undirib olingan.

Korrupsiyaga aloqador bo‘lgan jinoyatlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, bu turdagi barcha jinoyatlar soni kamaygan. Jumladan, Jinoyat kodeksining 207-moddasi mansabga sovuqqonlik bilan qarash — 39 foizga, 209-moddasi mansab sohtakorligi — 38 foizga, 167-moddasi o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon taroj qilish — 37 foizga, 205-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish — 35 foizga, 206-moddasi hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish — 31 foizga, 210-212-moddalari pora olish, berish va olish-berishda vositachilik qilish — 13 foizga kamaygan.

Hozirgi kunda O‘zbekistonda qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Unga ko‘ra mansabdor shaxslar majburiy tartibda har yili mol-mulki to‘g‘risida deklaratsiya, daromad va xarajatlar haqida ma’lumotlar, shuningdek oila a’zolari — ota-onalari, turmush o‘rtog‘i, farzandlari daromadlari va harajatlari haqida ma’lumotlari taqdim etish majburiyatini yuklatish nazarda tutilgan.

Agarda davlat xizmatchisi o‘z daromadlari va mol-mulki, shuningdek oila a’zolariga tegishli daromad va mol-mulklari haqida noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan hollarda, ushbu mansabdor shaxs ishdan bo‘shatiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • 3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin 07 мая, 09:23 52
  • Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbari va direktor ishdan olindi 07 мая, 08:15 184
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 110
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi 07 мая, 15:00 128
  • Isroil armiyasi Rafahga aviazarbalar berdi 07 мая, 14:32 93
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 40
  • Toshkentda Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali boshlig‘i 25 ming dollar olayotganida ushlandi 07 мая, 13:36 62
  • Ko‘k choy ichganda tanada qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi? 07 мая, 13:08 101
  • Putin hukumatga minnatdorlik bildirdi 07 мая, 12:39 218
  • Bugun Rossiya hukumati iste’foga chiqadi 07 мая, 12:16 311
  • AQSHning Ukraina bo‘yicha dahshatli rejasi ma’lum bo‘ldi 07 мая, 11:50 457
  • Sentyabr oyiga qadar o‘quv jarayonlariga yangi tizim joriy etiladi 07 мая, 11:23 91
  • AQSH Kongressi Ukrainaga qo‘shin yuborish shartini aytdi 07 мая, 11:00 257
  • AQSH Putinni Rossiya prezidenti sifatida tan oladimi? 07 мая, 10:35 299
  • Kilian Mbappe Useyn Bolt bilan poyga qilish istagi haqida fikr bildirdi 07 мая, 10:09 91
  • Bo‘limlar