“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 23:17
ЎЗO‘Z

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga taklif etdi

19 dek, 21:53 5 702 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni AQShga taklif etdi Bugun, 19 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Amerika hamkorligining bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

O‘zbekiston va AQSh rahbarlarining 2017 yil may oyida Ar-Riyod shahrida va joriy yil sentyabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlari siyosat va xavfsizlik, savdo, investitsiya, moliya, texnologiyalar sohalarida va madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi hamkorlik sezilarli darajada faollashishiga xizmat qilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Prezident Donald Trampga O‘zbekiston delegatsiyasining BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish maqsadida AQShga tashrifi chog‘ida uyushtirilgan samimiy qabul, shuningdek, AQSh-O‘zbekiston savdo palatasi tomonidan tashkil etilgan yirik biznes-forum ishtirokchilariga yo‘llagan tabrik so‘zi va ushbu anjumanni qo‘llab-quvvatlagani uchun chuqur minnatdorlik izhor etdi.

O‘z navbatida AQSh Prezidenti O‘zbekiston xalqiga chuqur hurmat-ehtiromini bildirib, uning mehnatkashligi tahsinga loyiq ekanini ta’kidladi. U O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan, demokratik va iktisodiy islohotlarning yangi bosqichi, jumladan fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni liberallashtirish va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan aniq tadbirlarni yana bir bor qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi kurash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

AQSh Prezidenti O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan yaxshi qo‘shnilik munosabatlarini rivojlantirish va kooperatsiyani faollashtirishga qaratilgan, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan ochiq va konstruktiv tashqi siyosati va faol sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Davlat rahbarlari Afg‘onistonni iqtisodiy tiklashda uni xalqaro miqyosda keng qo‘llab-quvvatlash muhimligini qayd etdilar. Shu ma’noda Afg‘oniston Prezidentining dekabr oyidagi O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida erishilgan muayyan loyihalarni amalga oshirish borasidagi kelishuvlarga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston va AQSh Prezidentlari o‘zaro hurmat, ishonch va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga sodiqligini ta’kidladilar.

Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli rejalarini birgalikda ko‘rib chiqish maqsadida Prezident Donald Tramp O‘zbekiston rahbariga AQShga rasmiy tashrif bilan borishni taklif etdi.

Suhbat yakunida ikki mamlakat rahbarlari bir-birini kirib kelayotgan 2018 yil bilan tabriklab, eng ezgu tilaklarni izhor qildilar.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 119
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 88
  • So'nggi yangiliklar
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 0
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 0
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 4
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 11
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 36
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 21
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 8
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 31
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 14
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 60
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 15
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 65
  • Bo‘limlar