“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 00:32
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonliklar yangi yil arafasida qatorasiga 5 kun dam olishi mumkin

14 dek, 10:06 15 033 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonliklar yangi yil arafasida qatorasiga 5 kun dam olishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yilda dam olish kunlarini tartibga solishga oid farmon imzolanishi kutilmoqda. Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev feysbukdagi sahifasida yozgan.
Farmonda Yangi yil bayrami arafasida 5 kun ketma-ket dam olish kuni belgilanishi mumkin.
Ya’ni, 2 yanvar kuni dam olish kuni deb e’lon qilinadi, 6 yanvardagi dam olish kuni esa 3 yanvarga ko‘chiriladi.

Shunda quyidagicha ketma-ket 5 dam olish kuni paydo bo‘ladi:
30-31 dekabr – shanba-yakshanba;
1 yanvar – Yangi yil bayrami;
2 yanvar – qo‘shimcha dam olish kuni;
3 yanvar – shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni.
O‘z navbatida, 6 yanvar, shanba kuni ish kuni deb, e’lon qilinadi.

Bu Farmon haftasiga rasman 5 kun ishlaydigan xodimlar uchun taalluqli bo‘ladi. Shanba kuni rasman ishlaydigan xodimlar uchun esa 3 kun ketma-ket, ya’ni 31 dekabr va 1-2 yanvar kunlari dam olish bo‘ladi.

Shuningdek, mazkur farmon bilan qolgan bayramlar arafasida ham qo‘shimcha dam olish kuni e’lon qilish yoki ish kunini ko‘chirish evaziga ana shunday ketma-ket dam olish kunlari tashkil qilish nazarda tutilmoqda. Xususan:
8 mart arafasida 4 kun;
9 may arafasida 5 kun;
1 sentyabr arafasida 4 kun dam olish kuni bo‘lishi mumkin.

Qurbon va Ramazon Hayiti bayramlarining kuni belgilanishiga qarab xuddi shu kabi ketma-ket dam olish kunlari e’lon qilinishi ham mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 0
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 193
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 39
  • So'nggi yangiliklar
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 9
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 15
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 9
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 118
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 57
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 48
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 48
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 120
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 54
  • Ozish uchun qancha yugurish kerak? 06 мая, 21:40 60
  • Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi 06 мая, 21:15 111
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 14
  • Bo‘limlar