“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 07:25
ЎЗO‘Z

Toshkentda tuyalar karvoni ko‘rinishidagi sayyohlik ob’ekti paydo bo‘ldi

11 dek, 05:21 8 852 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda tuyalar karvoni ko‘rinishidagi sayyohlik ob’ekti paydo bo‘ldi 9 dekabrda Toshkentning Chilonzor tumanida sayyohlik namoyishi ob’ekti – yo‘lga chiqayotgan karvon va ramziy quduq ko‘rinishidagi installyatsiya ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Ushbu installyatsiya g‘oyasi asosiy qismi O‘zbekiston hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lini aks ettirishdan iborat.

Ushbu ob’ekt yangi ishlab chiqilayotgan sayyohlik yo‘nalishlariga kiritiladi. Marosimda ishtirok etgan xorijlik sayyohlarning fikricha, karvon va quduq Ipak yo‘liga xoslikni to‘liq aks ettiradi va shubhasiz, O‘zbekistonga keluvchi xorijliklar orasida ommalashadi.

Qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Chilonzor tumani hokimiyati bilan birgalikda tumanda kichik sayyohlik klasterini yaratish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Jumladan, Yu.Gagarin ko‘chasini sayyohlar shoping qilishi, tamaddi qilishi va ko‘ngil yozishi mumkin bo‘ladigan maxsus sayyohlik ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan.

Bu loyiha doirasida brend do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari (tematik restoranlar, art-kafelar, qahvaxonalar), suvenir do‘konlari, hunarmandlar ustaxonalarini ochish rejalashtirilgan.

Shunday ishlar qo‘mita tomonidan Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hokimiyatlari bilan birgalikda ham olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 187
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 80
  • So'nggi yangiliklar
  • YECHL. Kambeklar qiroli "Real" "Bavariya"ni mag‘lub qilib, finalga yo‘l oldi 09 мая, 06:56 0
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 47
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 45
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 124
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 76
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 121
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 130
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 66
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 33
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 125
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 215
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 69
  • Bo‘limlar