“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:56
ЎЗO‘Z

Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi?

08 dek, 13:10 12 820 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Tuxumning qay biri foydali: oqimi yoki jigarrangi? Ayrim qandolatchilar fikricha, pishiriqqa tuxum tanlayotganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish lozim. Uy tuxumi qanchalik mazali va foydali bo‘lmasin, undan ko‘p pishiriq tayyorlab bo‘lmaydi. Masalan, tort uchun biskvit pishirsangiz, rangi sarg‘imtir, ko‘rinishi ham pastroq bo‘ladi. Shuning uchun pishiriqlar uchun oq tuxumni tanlagan ma’qul. Jigarrang tuxum ham yomon emas-u, oqining oq-sarig‘i bir-biridan yaxshi ajraladi. Tort bizesi yaxshi tayyorlangani uchun qandolatchilar oq tuxumdan foydalanishni ma’qul ko‘rishadi.

Nega tuxum ikki xil? Aslida gap tuxumda emas, tovuqda. Patlari oqish bo‘lgan tovuq – oq, jigarrang-olachipori esa jigarrang tuxum qo‘yadi. Ikki xil rangdagi tuxumning ozuqaviy qiymati bir xil. Faqatgina ular tuxum po‘stining rangi, katta-kichikligi bilan farqlanishi mumkin. Odatda, yosh tovuqlar po‘sti qalin, nisbatan kichikroq tuxum qo‘yishadi. Yana tovuqning yemishi tuxum sarig‘i rangi va ta’miga ta’sir etadi.

“Tuxum qancha katta bo‘lsa, shuncha foydali”, – degan gap to‘g‘ri emas. Katta tuxumlarda (55-65 g yoki 65-77 g) suv ko‘proq, ozuqaviy moddalar konsentratsiyasi kamroq bo‘ladi. Odatda, bunday tuxumlarni qari tovuqlar qo‘yadi. 45-55 g va 35-45 g tuxumlarni esa yosh tovuqlar qo‘yadi. Ular katta tuxumlarga nisbatan foydali, mazali va to‘yimliroq.

Nega jigarrang tuxum qimmat? “Negaki u foydali-da” degan xayolga boryapsizmi? Yanglishdingiz, odatda, oq tovuqqa nisbatan jigarranglari go‘shtdor va bo‘ychan bo‘ladi. Turgan gapki, ularning tuxumlari ham oq tovuqnikiga qaraganda kattaroq bo‘ladi. Tuxum narxini belgilashda esa, albatta, uning katta-kichikligi inobatga olinadi.

Tuxumni qanday iste’mol qilgan ma’qul? Har kim o‘z ta’biga ko‘ra tuxumni suvda qaynatib yoki yog‘da qovurib iste’mol qiladi. Ikkisi ham mazali. Unutmang, tuxum qancha ko‘p pishaversa, tarkibidagi shuncha ko‘p foydali mikroelement ham o‘lib boraveradi. Nonushtada ham sarig‘i yumshoq pishirilgan tuxumni iste’mol qilgan ma’qul. Bolalar va qariyalarning oshqozoni qattiq pishirilgan tuxum sarig‘ini hazm qilishga qiynalishini yodda tuting.

G‘oz va o‘rdak tuxumlari. O‘zbekiston sharoitida g‘oz va o‘rdaklar tovuqlarga nisbatan kam boqiladi. Ularni ko‘paytirish, parvarishlash oson emas. Bundan tashqari, o‘rdak, g‘ozlar orasida salmonellyoz kasalligi ko‘p uchraydi. Bozorda ham tuxum va go‘shtlarga unchalik talab ko‘p emas. Qorinni to‘q tutish va organizmni yetarli vitaminlar bilan to‘yintirishda tovuq hamda bedana tuxumiga teng keladigani yo‘q. Ayniqsa, bedana tuxumi kuchli immunitet hosil qiladi. Uning tarkibida mikroelementlar va V guruh vitaminlari bisyor.

Yodda saqqlang!

Agar tuxumda yoriq paydo bo‘lsa, uni tuzli suvda pishirishni maslahat beramiz.
Suvda pishgan tuxumning yetilganini aniqlash uchun uni aylantirib ko‘rish kifoya. Yaxshi aylangan tuxum pishib yetilgan bo‘ladi.
Tuxumni chaqmay turib, uning yangi yoki eskiligini aniqlash mushkul. Faqatgina uni bir stakan sovuq suvga solgach, aniq to‘xtamga kelsa bo‘ladi. Suvga tuxumni soling, agar u cho‘ksa, demak, yangi, suv yuzasiga qalqib qolsa, eski.

Manba: beka.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 0
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 0
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 21
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar