“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 09:38
ЎЗO‘Z

Prezident: “Endi advokatlar jinoyat bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi”

07 dek, 20:35 6 830 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident: “Endi advokatlar jinoyat bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi” O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joriy yilning 30 noyabr kuni “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Unda jinoyat protsessi ishtirokchilari yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan qiynoqqa solish, psixologik va jismoniy tazyiq va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoxud qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llashga yo‘l qo‘yilmasligi ta’minlanishi o‘z ifodasini topgan edi.

Qolaversa, farmonda tergov hibsxonalari, vaqtincha saqlash hibsxonalari va maxsus qabulxonalar, ma’muriy qamoqni o‘tash joylarini videokuzatuv vositalari bilan jihozlashni ta’minlanishi aytilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ham ana shu masalaga e’tiborini qaratdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Prezident sud-tergov jarayonida dalillarni soxtalashtirganlik uchun alohida jinoiy javobgarlik joriy qilinishini ta’kidladi.

Endilikda advokatlar jinoyat ishi bo‘yicha dalillarni to‘plash va taqdim etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu dalillar tergov va sud idoralari tomonidan majburiy tekshirilishi va baholanishi kerak.

“Qiynoqqa solish kabi noqonuniy usullarni qo‘llashni qat’iyan cheklash maqsadida tergov va vaqtincha saqlash hibsxonalari videokuzatuv vositalari bilan jihozlanadi”, dedi Prezident.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 65
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 111
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 52
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 80
  • So'nggi yangiliklar
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 0
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 0
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 36
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 140
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 25
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 127
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 47
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 39
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 130
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 124
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 43
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 95
  • Bo‘limlar