“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 05:52
ЎЗO‘Z

Prezident avf etgan 2700 nafar mahkumlar kimlar edi?

07 dek, 14:34 17 725 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezident avf etgan 2700 nafar mahkumlar kimlar edi? Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 8 dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi tarixida ilk bor sudlangan 2700 kishiga nisbatan avf qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan afv etish to‘g‘risida”gi farmoniga
ShARH


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan insonparvarlik, inson hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa huquqlarining oliy qadriyat sifatida tan olinishi kabi umuminsoniy prinsiplarni amalga oshirishdan iboratdir.

Qonunga rioya qilmagan, biroq o‘z qilmishining qonunga xilofligini anglab yetgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan shaxslarga o‘z oilasiga va jamiyatga qaytishi, ijtimoiy moslashish imkoniyatining berilishi o‘zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaldagi yorqin ifodasidir.

Shu paytgacha har yili amnistiya to‘g‘risida hujjatlar qabul qilingan. Ta’kidlash joizki, amnistiya ozodlikka chiqariladigan shaxslarning aniq guruhini belgilamaydi. Amnistiya to‘g‘risidagi aktda faqat jinoyat turlari ko‘zda tutilib, ozodlikka chiqariladigan shaxslar amnistiya to‘g‘risidagi hujjat ijrosini ta’minlash jarayonida aniqlanadi.

Amnistiya aktidan farqli ravishda, afv etish masalasini hal etishdan oldin har bir mahkumning shaxsi, ular tomonidan sodir etilgan qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, sodir etilish holatlari va oqibatlari, yetkazilgan zararning qoplanganligi, shuningdek, jabrlangan tomon va jamoatchilik munosabati har tomonlama va puxta o‘rganib chiqiladi.

Shu maqsadda 2017 yil 29 sentyabrda Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligi munosabati bilan jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan mahkumlarni afv etish haqidagi materiallarni tayyorlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyish qabul qilindi.

Ushbu farmoyishga muvofiq huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat ishchi guruhlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Afv etish masalalari bo‘yicha komissiya bilan hamkorlikda joylarga chiqib, har bir mahkum bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazish orqali ularning shaxsini o‘rganib chiqdi.

O‘rganish jarayonida mahkum tomonidan sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasiga, uning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligiga, jinoyat natijasida yetkazilgan zararning qoplanganligiga, yoshi, sog‘ligiga, oilaviy ahvoliga va yengillashtiruvchi boshqa holatlarga alohida e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, jabrlanganlar va jamoatchilikning, jumladan, mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlari ham atroflicha o‘rganildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakat tarixida ilk marotaba 2 ming 700 nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslarni afv etish to‘g‘risida Farmon qabul qilindi.

Ushbu Farmon bilan afv etiladigan mahkumlarga tez kunlarda o‘z oilasiga va jamiyatga qaytib, bundan buyon mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisi bo‘lish imkoniyati yaratildi.

Mazkur Farmonning qabul qilingani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan davlat va jamiyatning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlar insonparvarlik tamoyiliga asoslanganligini ko‘rsatuvchi yana bir yorqin dalildir.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 56
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 299
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 93
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 103
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 83
  • So'nggi yangiliklar
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 61
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 29
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 10
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 16
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 128
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 62
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 45
  • Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi 03 мая, 23:15 148
  • Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi 03 мая, 23:07 149
  • Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov "TePe Sigeman" turnirida chempion bo‘ldi 03 мая, 23:03 52
  • U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi 03 мая, 22:43 85
  • Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi” 03 мая, 22:39 85
  • Bo‘limlar