“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 15:39
ЎЗO‘Z

Buxoroda hokimiyat vakillarini urgan “mushtumzo‘rlar” qo‘lga olindi

06 dek, 17:00 7 037 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Buxoroda hokimiyat vakillarini urgan “mushtumzo‘rlar” qo‘lga olindi Buxoro viloyati Romitan tumani Prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi davlat inspektori Zikrullayev o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida, Romitan tumani, Qumrabot MFY, Dilrabo qishlog‘ida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan Husniddin G‘afurovich To‘layevning xonadonida aniqlangan tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanganlik holati yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish va aniqlangan huquqbuzarlik faktini tasdiqlash maqsadida xonadoniga boradi.

MIB bo‘limi xodimi dalolatnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida fuqaro H.To‘layev unga faol qarshilik ko‘rsatib, uni o‘z xizmat vazifalarini bajarishdan voz kechishga majbur qilib, uni sha’ni va qadr qimmatini beodoblik bilan qasdan tahqirlab, haqorat qilib, uni urib tan jarohati yetkazadi.

Ushbu holat yuzasidan H.To‘layevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shunga o‘xshash yana bir holat: viloyatning Shofirkon tumani Zarchabek MFY, Zarchabek ko‘chasida yashovchi, 1951 yilda tug‘ilgan Shofirkon davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchisi Yoqub Hojiyevich Mahmudov Shofirkon tuman “Setlak” cho‘l massivida o‘z xizmat faoliyatini olib bora turib, o‘rmon xo‘jaligi dala maydonlarida o‘simlik va hayvonot dunyosiga noqonuniy zarar yetkazishni oldini olishda ifodalangan xizmat vazifalari bilan bog‘liq qonuniy faoliyatini bajarayotgan vaqtida ro‘y berdi.

Peshko‘ tumani, Yangiobod MFY, Ofandar qishlog‘ida yashovchi, Ismoil Iskandar o‘g‘li Narziyev va shu manzilda yashovchi Samandar Iskandar o‘g‘li Ro‘ziyevlar o‘rmon xo‘jaligi o‘rmonchisi Yo.Mahmudovga faol qarshilik ko‘rsatib, uni urib, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazgan holda, Yo.Mahmudovning xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilganlar.

Buxoro viloyati IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Ismoil va Samandarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 2-qismi va 104-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 32
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 226
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 187
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 247
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 0
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 0
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 1
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 1
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 5
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 23
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 14
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 24
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 119
  • Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film 03 мая, 11:37 25
  • Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi 03 мая, 11:30 55
  • Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video) 03 мая, 11:09 44
  • Bo‘limlar