“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:33
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini ochish bo‘yicha topshiriq berdi

03 dek, 14:06 7 826 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini ochish bo‘yicha topshiriq berdi Prezidentning "Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori xususiy tibbiyot muassasalariga keng imkoniyatlar ochdi.

Poytaxtning Olmazor tumanida joylashgan «Akfamedline» tibbiyot markazi shunday maskanlardan biri, deb yozadi O‘zA.

Mazkur tibbiyot markazi loyihasi joriy yilning 21 aprel kuni taqdim qilingan bo‘lib, davlat rahbari uni zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash, bu yerda yuqori malakali mutaxassislarning ishlashini tashkil qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida qurib foydalanishga topshirilgan tibbiyot markazining umumiy maydoni 2 gektar bo‘lib, 5 blokdan iborat. 12 qavatli zamonaviy bino 160 o‘rinli statsionarga ega.

Xususiy tibbiyotni rivojlantirishga faqat poytaxtda emas, mamlakatimizning eng olis hududlarida ham katta e’tibor qaratishimiz zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu yerda xususiy tibbiyot mutaxassislari o‘quvini yo‘lga qo‘yishimiz kerak. Mazkur tibbiyot markazi xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha asosiy baza bo‘ladi. Koreya Respublikasi tajribasi asosida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish kerak.

Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi sobiq profilaktoriysi o‘rnida tashkil etilgan mazkur tibbiyot markazi eng so‘nggi rusumdagi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Ko‘p tarmoqli markazda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.

400 dan ortiq ish o‘rni yaratilib, chet davlatlardagi yetakchi tibbiyot markazlarida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik mutaxassislar ham jalb qilingan. Markazda ultratovush diagnostikasi, terapiya, ginekologiya, gastroenterologiya, diyetologiya, fizioterapiya, otorinolaringologiya, urologiya, pediatriya, kardiologiya, oftalmologiya, nevrologiya, endoskopiya, ortopediya, xirurgiya, neyroxirurgiya kabi yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatilmoqda.

Xususiy tibbiyot markazlari qancha ko‘p bo‘lsa sohada raqobat bo‘ladi, raqobat bor joyda xizmat sifat yuqori bo‘lib, narx arzonlashadi. Bu esa eng muhim jihatdir, dedi prezident. Odamlar tibbiyot maskaniga uning chiroyli binoga qarab emas, mutaxassislarning yuqori malakasi bo‘yicha baho beradi. Bu markazda malaka oshirgan mutaxassislar viloyatlarga borib aholi salomatligi mustahkamlash yo‘lida samarali mehnat qilishi zarur.

Davlat rahbari mamlakatda Janubiy Koreya tibbiyot instituti filialini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 156
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar