“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:50
ЎЗO‘Z

18 kishilik tovlamachi guruh qo‘lga olindi

07 noya, 13:50 6 531 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
18 kishilik tovlamachi guruh qo‘lga olindi Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida tovlamachilik bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati fosh etildi. Guruh a’zolari o‘rtasida “mahalla raisi”, “posbon”, “tergovchi”, “tasvirchi”, “haydovchi” va boshqa vazifalar bo‘lib olingan. Har bir guruh a’zosi o‘z vazifasini puxtalik bilan ishonarli qilib bajargan. Bu haqda «Surxondaryo viloyati IIB» matbuot xizmatiga tayanib «Kun.uz» xabar berdi.

Ularning asosiy faoliyatlari begona erkak mijozlarni o‘z xohishlari va aldov bilan guruhga tegishli qizlar yordamida o‘z yashash xonadonlariga “massaj”, “dam olish”, “maishat” qilish bahonalari bilan chaqirish, ular bilan bir dasturxonda yeb ichib, tashrif buyurgan erkaklarni alohida xonada hozirlangan to‘shakka olib kirish, mijoz yechinishi bilan jinoiy guruh a’zolari kirib kelib, uyali telefon vositasi yordamida tasvirga olishdan iborat bo‘lgan. Guruh a’zolari mijozlarni mahallasiga, oilasiga, ish joyiga sharmanda qilish, olingan tasvirlarni internetga chiqarib yuborish, profilaktika inspektoriga arz qilish bilan qo‘rqitib, katta miqdordagi pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olishgan. Jinoiy guruh a’zolari operatsiya rejadagiday o‘tgani uchun navbatdagi “o‘lja”ni qo‘lga tushirishmoqchi bo‘lishadi. Biroq bu gal “o‘lja” o‘rnida jinoiy guruh a’zolari bo‘lib, navbatdagi operatsiyani o‘tkazish vaqtida jinoyat ustida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindilar.

Ushbu jinoiy guruhlarni K.G. hamda K.F.lar boshqarishganligi, shuningdek voyaga yetmagan farzandini ham jinoyat sodir qilishga jalb qilishganligi aniqlanib, jinoiy guruhning barcha a’zolariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda mazkur jinoiy guruhning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi bo‘yicha tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar