“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:14
ЎЗO‘Z

Islom Karimov fondi AQSH va Yevropada ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi

31 okt, 12:26 8 037 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Islom Karimov fondi AQSH va Yevropada ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi Islom Karimov nomidagi Fond Yevropa va AQSHning nufuzli oliy o‘quv yurtlarida magistratura dasturi bo‘yicha ta’lim olish uchun yangi grantlar tanlovini e’lon qildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘zining Facebook’dagi sahifasida berilgan ma’lumotga tayanib Uz24 sayti xabar berdi.

Tanlov quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha o‘tkaziladi:

tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo)
suv va yer resurslarini boshqarish
mashinasozlik texnologiyalari
oziq-ovqat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketingi
arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash)
dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni)
rassomlik.
Grant sovrindorlarining chet elda tahsil olish va yashash xarajatlari (2 yilgacha) Fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, O‘zbekiston yoki chet el oliy o‘quv yurtini bitirgan yoki uning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35 dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Islom Karimov nomidagi jamoatchilik xayriya fondi 2016 yil oktyabrda Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillyayeva tomonidan O‘zbekiston mustaqilligi asoschisi va birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish maqsadida ta’sis etilgan. Yurtimiz va xorijdagi peshqadam universitetlarda tahsil uchun iqtidorli yoshlarga grantlar ajratish Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

Fondning ta’lim grantlari sohasidagi ilk loyihasi doirasida 12 nafar stipendiat bugungi kunda Angalt amaliy fanlar universiteti, Duysburg Essen, Rur va Frayburg universitetlari (Germaniya), Moskva me’morchilik maktabi hamda Turin politexnika universiteti (Italiya) kabi nufuzli chet el oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olmoqdalar.

Islom Karimov nomidagi Fond grantlari va tanlovga oid qo‘shimcha ma’lumotga ushbu sahifa orqali ega bo‘lishingiz mumkin




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar