“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 07:45
ЎЗO‘Z

Sag‘bon va Hasanboyda piyodalar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi

23 okt, 15:31 6 590 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Sag‘bon va Hasanboyda piyodalar halok bo‘lishiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi Toshkent shahrida piyodalarning yo‘lning qatnov qismidan kesib o‘tayotgan vaqtida sodir bo‘lgan turli yo‘l-transport hodisalari haqida xabarlar tarqalmoqda.

Xuddi shu kabi oqibati ayanchli tugagan YTH 21 oktyabr kuni kechki 18:00 lar atrofida Olmazor tumani, Sag‘bon ko‘chasida sodir bo‘ldi. Baxtsiz hodisa qo‘lida bolasi bilan yo‘ldan o‘tayotgan ayolni Lacetti avtomobili urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Yo‘lning qatnov qismidan o‘tayotgan ona va bola Sag‘bon ko‘chasida joylashgan “Qizil tut” do‘koni oldidan yo‘lni kesib o‘tishga uringan va ularni mashina urib yuborgan.

Ayni shu do‘kon oldida oktyabr oyining boshida ham oqibati piyodaning o‘limi bilan yakun topgan YTH sodir bo‘lgan edi. Unda 55 yoshlar atrofidagi shaxsni Damas avtomobili urib yuborgan hamda jabrlanuvchi yo‘lning qatnov qismiga yiqilgan. Erkak Spark avtomobilining bamper qismiga ilinib qolgani sabab sudrab ketilgan. Fuqaro voqea joyida halok bo‘lgani xabar qilingan.

Piyodalarning yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning navbatdagisi kecha, 22 oktyabr kuni Toshkent katta xalqa yo‘lining Hasanboy hududiga yaqin qismida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlangan Matiz avtomobili yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan o‘rta yoshlardagi erkakni urib yuborgan.

Guvohlarning ta’kidlashicha, Sag‘bonda mashina urib yuborgan qizaloq va ayol shifoxonaga olib ketilgan, ona shifoxonada vafot etgan. Bundan tashqari, Hasanboyda sodir bo‘lgan YTHda jabrlangan o‘rta yoshlardagi fuqaro voqea joyida vafot etgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 72
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 25
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 210
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 86
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 41
  • So'nggi yangiliklar
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 1
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 2
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 1
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 36
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 57
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 21
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 171
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 78
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 52
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 73
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 197
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 82
  • Bo‘limlar