“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 15:19
ЎЗO‘Z

Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari boshlandi

11 okt, 10:24 9 014 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari boshlandi O‘zbek va tojik xalqlarini do‘stlik, yaqin qo‘shnichilik aloqalari bilan birga ko‘p asrlik madaniy rishtalar bog‘lab turadi.

10–14 oktyabr kunlari Toshkent shahrida Tojikiston madaniyati kunlari o‘tkazilishi haqida xabar berildi.

Mazkur tadbir, ya’ni Tojikiston madaniyati kunlarining o‘tkazilishi — ikki xalq o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi ifodasi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Kecha, 10 oktyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tojikistonlik bir guruh san’at va madaniyat namoyandalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zA xabariga ko‘ra, Tojikiston delegatsiyasi a’zolari Toshkentdagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasi va O‘zbek Milliy akademik drama teatrida bo‘lgan.

Tojikiston xalq artisti Saidqul Bilolov ikki xalqning tili boshqa-boshqa bo‘lsa-da, dili, urf-odat va an’analari o‘xshash ekanini, tarixi, madaniyat va qadriyatlari mushtarakligini aytdi.

Tadbirlarning ochilish marosimi bugun, 11 oktyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tadbir doirasida, shuningdek, O‘zbekiston tasviriy san’at galereyasida tojikistonlik mo‘yqalam ustalarining ijod namunalari ko‘rgazmasi, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada tojik shoir va yozuvchilari kitoblarining taqdimoti, adabiy-badiiy uchrashuvlar, madaniy tadbirlar tashkil etiladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 1
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi 02 мая, 09:36 132
  • Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi 02 мая, 09:31 100
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 71
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 0
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 0
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 11
  • AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi 02 мая, 13:29 21
  • Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti 02 мая, 12:33 14
  • Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi 02 мая, 12:10 15
  • Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz" 02 мая, 11:53 110
  • Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi 02 мая, 11:30 155
  • Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi 02 мая, 11:06 58
  • Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi 02 мая, 10:43 20
  • Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi 02 мая, 10:20 124
  • Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi 02 мая, 09:56 94
  • Bo‘limlar