“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 12:40
ЎЗO‘Z

Olimlar erkaklarning bevaqt o‘limiga olib keluvchi o‘nta sababni aniqlashdi

30 sen, 17:37 11 277 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Olimlar erkaklarning bevaqt o‘limiga olib keluvchi o‘nta sababni aniqlashdi Vashingtondagi Salomatlikni o‘rganish va baholash instituti (AQSh) olimlari 25 yil davomida tadqiqot o‘tkazib, erkaklarning barvaqtroq hayotdan ko‘z yumishi sabablariga oydinlik kiritishdi. Mutaxassislar kuzatuvlar jarayonida erkaklarning bevaqt o‘limiga olib keluvchi 79ta omilni hisoblab chiqishdi. Izlanishlar jarayonida ular orasidan erkaklar uchun halokatga eltuvchi o‘nta asosiy sababi saralab olindi.

Tadqiqotlar 1990 yildan 2013 yilga qadar o‘tkazilgandan so‘ng ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichi ish boshladi. Dunyoning 188ta mamlakatidan to‘plangan ma’lumotlar tahlili mazkur holat bo‘yicha aniqroq va ob’ektivroq manzarani hosil qildi.

Arterial qon bosimining ortishi erkaklarning barvaqt hayotdan ko‘z yumishiga eng asosiy ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida baholandi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gipertoniya ham erkaklar, ham ayollar salomatligi uchun og‘ir oqibatlarni keltirib chiqarishi ma’lum bo‘ldi.

Erkaklarning boshqalarga nisbatan kamroq umr kechirishiga olib keluvchi keyingi muhim omil esa chekish va u keltirib chiqargan oqibatlar ekani ma’lum bo‘ldi. Semizlik esa erta o‘lim holatlarini keltirib chiqaruvchi uchinchi omil sifatida qayd etildi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinda qandli diabet hamda tarkibida tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlar iste’moli o‘rin egallagan. Alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida barvaqt o‘lim kuzatilishi oltinchi bo‘lib tilga olingan.

Reytingning ettinchi pog‘onasidan etarli miqdorda vitamin va minerallar mavjud bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish natijasida kelib chiquvchi omil joy olgan. Sakkizinchi va to‘qqizinchi bo‘lib esa ekologik vaziyatning yomonlashuvi hamda atmosferaning ifloslanishi aytib o‘tilgan. Ro‘yxatni organizmda xolesterin miqdori ortishi yakunlab berdi.

Ayollar bo‘yicha esa barvaqt o‘limga olib keladigan omillar ro‘yxatini gipertoniya, semizlik va diabet boshlab bergan. Shuningdek, o‘ntalikdan chekish va alkogol mahsulotlari iste’moli ham o‘rin olgan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 260
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 76
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 112
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 156
  • So'nggi yangiliklar
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 0
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 2
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 17
  • “O‘zgidromet” 29 aprel kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi 28 apr, 11:05 6
  • UFC Vegas 91. O‘zbekistonlik Bogdan Guskov amerikalik jangchini nokautga uchratdi (video) 28 apr, 10:49 32
  • Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 10:43 13
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 42
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 130
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 78
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 33
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 68
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 122
  • Bo‘limlar