“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 20:49
ЎЗO‘Z

«Super kontrakt»dagilar​ uchun o‘qish qachon boshlanadi?

09 okt, 18:58 24 280 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
«Super kontrakt»dagilar​ uchun o‘qish qachon boshlanadi? 2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida​»gi 393-sonli qarori qabul qilingandi.

Unga ko‘ra, abituriyentlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilish tartibiga oydinlik kiritilgan. Soddaroq qilib aytganda, «super kontrakt» amaliyotini joriy etish jarayoni qaror bandlari bilan aniq ifodalab berilgan.

2017/18 yilgi davlat qabul imtihonlarida yetarli ball to‘play olmay, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar oshirilgan stavka bo‘yicha kontrakt-to‘lov summasini to‘lashga rozi bo‘lsa, o‘qish istagini bildirgan oliygoh huzurida tashkil etilgan Qabul komissiyaga murojaat etib, yozma ariza kiritishi so‘raladi. Eslatib o‘tamiz, ariza topshirish muddati ertaga, 10 oktyabr kuni yakuniga yetadi.

Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi hamda belgilangan sanadan so‘ng qo‘shimcha qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilinadi.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, oshirilgan stavka kontrakt-to‘lovi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalar ro‘yxati joriy yilning 30 oktyabr kuni e’lon qilinadi va shundan boshlab o‘qishni to‘laqonli boshlashi mumkin.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 0
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 143
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • So'nggi yangiliklar
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 7
  • 2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi 02 мая, 19:28 11
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 5
  • Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz" 02 мая, 17:44 105
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 86
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi? 02 мая, 16:15 184
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 141
  • Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti 02 мая, 15:30 57
  • Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH» 02 мая, 15:05 80
  • Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi 02 мая, 14:48 56
  • Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi 02 мая, 14:45 179
  • Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi 02 мая, 13:33 94
  • Bo‘limlar