“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 13:05
ЎЗO‘Z

TILLATOPAR yoki Moskvalik Nadejda Lvovna N. ismli ayolning tanasi oltinni xuddi magnit kabi o‘ziga tortib turarkan…

08 okt, 21:20 12 876 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
TILLATOPAR yoki Moskvalik Nadejda Lvovna N. ismli ayolning tanasi oltinni xuddi magnit kabi o‘ziga tortib turarkan… Hayotda qo‘l va tananing boshqa a’zolari yordamida temirni, qoshiq, sanchqi va hokazolarni torta oladigan odamlar ko‘p. Ularning qo‘liga yopishgan buyum pastga tushmaydi. Sababi, ular tanasida magnit keragidan ko‘pchilikni tashkil etarkan. Ammo tanasi faqat oltinni torta oladigan odamni uchratmagan bo‘lsangiz kerak. Unda tanishing, bu Nadejda Lvovna bo‘ladi.

Nadejdaning aytishicha, bolalikdanoq ko‘chadan tilla buyumlar topib olishni boshlagan. Masalan, 4 yasharligida ko‘chada o‘ynab yurib tilla uzuk topib olgan. Oradan bir necha kun o‘tgach, lo‘lilar taqadigan kattakon tilla sirg‘a topgan.
Olti yoshligida esa ota-onasi bilan dengiz bo‘yida dam olayotib, tilla sirg‘a topib olgan.

12 yasharlik paytida bir kuni ko‘chadan katmon topib oldi. Ammo katmonda bir tiyin ham pul yo‘q, aksincha bir dona tilla uzuk bor edi. 15 yoshida tilla zanjir topib onasiga hadya etdi. Sal o‘tib olmos ko‘zli ayollar tilla taqinchog‘ini topdi.
Yana bir qiziq voqea. Nadya maktabni bitirgan kuni ota-onasi o‘sha davrda urf bo‘lgan poshnali tufli sovg‘a qilishdi. Maktabdaga bitiruv marosimiga o‘sha tuflini kiyib bordi va kechki payt uyga qaytgach, tuflini yechib qarasa, bitta poshnasiga tilla uzuk yopishib turgan ekan.

Nadejda shularni hikoya qilarkan, kulib qo‘yadi.
— Men haliyam tilla taqinchoqlar, ziraklar, uzuklar topib olishda davom etyapman, — dedi u. — To‘g‘ri, hech qachon ulgurjisiga topmaganman. Har gal bir yoki ikki donadan tilla buyum topaman. Men ularni qidirmayman. Yo yo‘limdan chiqishadi, yo tuflim, yoki kiyimimga yopishib turgan bo‘lishadi. Bir kuni mazam bo‘lmay, kasalxonaga tushib qoldim. Palataga erim kirib keldi. Meva-cheva, yong‘oq, pechene, yeryong‘oq olib kelibdi. Palatamizda jami 12 nafar bemor edik. Men erimdan olib kelgan narsalaridan palatadoshlarimga ham hadya qilishini so‘radim. U meva va yong‘oqlarni ularga ham bo‘lishib chiqdi. Mening qo‘limga bir hovuch yeryong‘oq solib qo‘ydi. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, yeryong‘oq orasida «Chalma» degan tilla uzuk yotardi. Hoynahoy yeryong‘oq tergan ayol uzukni yo‘qotgan bo‘lsa kerak…

Mana, ayol ancha yoshga borib qoldi. Hanuz tilla buyumlar topib olishni kanda qilmadi. Yana bir mo‘’jizani aytsak, ishonasizmi? Nadejdaning familiyasi Zolotova ekan. Bu ham haqiqatan Yaratganning mo‘’jizasi ekanligiga sira shubha yo‘q! Iloyim tilla topib oladiganlar, tillani o‘ziga ohanrabodek torta oladiganlar ko‘payaversin!

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 36
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 65
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 88
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 138
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 55
  • So'nggi yangiliklar
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 0
  • Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi 06 мая, 12:15 0
  • Qirg‘iziston prezidenti Moskvadagi 9 may paradida ishtirok etadi 06 мая, 11:50 1
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 60
  • Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi 06 мая, 11:00 43
  • Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda 06 мая, 10:36 31
  • Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi 06 мая, 09:45 57
  • Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda 06 мая, 09:41 67
  • APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi 06 мая, 08:26 39
  • Yaponiyada tish o‘stiruvchi dunyodagi birinchi dori sinovdan o‘tkaziladi 06 мая, 08:21 34
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 98
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 216
  • Bo‘limlar