“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 07:18
ЎЗO‘Z

Yuridik kollej direktori bu galgi janjaldan chiqib keta olmadi! Ishdan olindi...

07 okt, 20:22 7 154 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yuridik kollej direktori bu galgi janjaldan chiqib keta olmadi! Ishdan olindi... O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2017 yil 12 sentyabrdagi 250-um-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent yuridik kolleji o‘qituvchilarining murojaati yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

Xizmat tekshiruvi davomida Toshkent yuridik kolleji faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirishda Natalya Temirova tomonidan kadrlarni ishga qabul qilishda qarindosh-urug‘chilikka yo‘l qo‘yilganligi, xodimlarni ishga qabul qilish, ishda qoldirishda ta’magirlik va qonunbuzilishlar mavjudligi, xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari asossiz qo‘llanilganligi, kadrlar qo‘nimsizligi yildan-yilga oshib borganligi, o‘quv jarayonida hamda bitiruvchilarga diplom berishda qonunchilik talablari buzilganligi, ish yuritish va ijro intizomi masalasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashilganligi, topshiriq va ko‘rsatmalarning tizimli ravishda bajarilmasligi hamda boshqa bir qator qo‘pol xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, kollej mehnat jamoasi o‘rtasida guruhbozlik va nosog‘lom muhit shakllanganligi, ma’naviy-tarbiyaviy ishlarning o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi va rahbar xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi oqibatida 2017 yil 6 oktyabr kuni o‘quvchilar tomonidan kollej hududida og‘ir jinoyat sodir etilgan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasiga ko‘ra, Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Temirova tomonidan bir qator qonun hujjatlari talablari buzilgan deb topilgan.

Xizmat tekshiruvi davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli huquqiy baho berish uchun tekshiruv materiallari tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi hamda bugungi kunda ular tomonidan kollejda tegishli o‘rganishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, 2017 yil 7 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni, Adliya, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul rahbar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda kollej rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar kollej xodimlari va o‘qituvchilari ishtirokida muhokama qilinib, tashkiliy masala ko‘rildi.

Yuqoridagilarga asosan, ish faoliyatida yo‘l qo‘ygan jiddiy xato va kamchiliklari uchun Toshkent yuridik kolleji direktori Natalya Sabirovna Temirova “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon-martaba darajasidan mahrum qilinib, egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 0
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 61
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 324
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 101
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 106
  • So'nggi yangiliklar
  • AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi 04 мая, 06:50 0
  • Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman" 04 мая, 06:30 1
  • Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi 04 мая, 06:00 1
  • "Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi! 04 мая, 05:33 17
  • Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi 04 мая, 05:23 13
  • Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi? 04 мая, 00:43 130
  • O‘zbekiston OTJ U-23 Osiyo kubogi "Fair Play" sovrini bilan taqdirlandi 04 мая, 00:35 66
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 18
  • Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi” 04 мая, 00:03 38
  • O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi 03 мая, 23:35 176
  • U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi! 03 мая, 23:25 86
  • Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi 03 мая, 23:20 66
  • Bo‘limlar