“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 10:11
ЎЗO‘Z

Yosh yigitni vaxshiylarcha urib, videoyozuvini tarqatgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi

06 okt, 00:09 7 852 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yosh yigitni vaxshiylarcha urib, videoyozuvini tarqatgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi Joriy yilning 29 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida bir guruh shaxslar bir fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilgan va ushbu holatni tasvirga olib, videorolikni internet tarmog‘i orqali tarqatgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir necha noma’lum shaxslar yosh yigitni vaxshiylarcha do‘pposlayotgani va haqorat qilayotgani aks ettirilgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilganlikda va ushbu holat tasvirlangan videorolikni internet tarmog‘i orqali tarqatganlikda gumonlanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, yuqorida qayd etilgan jinoyatni sodir etgan besh nafar shaxslar aniqlanib, ushlandilar. Ulardan 5 dona mobil telefonlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushlangan shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 252
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 110
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 155
  • So'nggi yangiliklar
  • Futzal. Bugun O‘zbekiston bronza medali uchun Tojikiston bilan o‘ynaydi 28 apr, 09:34 7
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 54
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 40
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 19
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 49
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 98
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 267
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 124
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 70
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 144
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 205
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 177
  • Bo‘limlar