“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 22:35
ЎЗO‘Z

Advokat nega sudlanuvchi To‘laganovning vazni va og‘irligini so‘radi?

30 sen, 14:27 6 043 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Advokat nega sudlanuvchi To‘laganovning vazni va og‘irligini so‘radi? Kecha, 29 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida Jasurbek Ibrohimovning o‘limiga olib kelgan ish bo‘yicha sudning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Ikkinchi sud eshituvida sudlanuvchi Islombek To‘laganovning ko‘rsatmalari tinglandi. Raislik qiluvchi Matjonov, davlat ayblovchisi Akromov, jabrlanuvchining advokati Ismoilova hamda jabrlanuvchi tomondan Alimova sudlanuvchiga savollar berishdi, deb yozadi Qalampir.uz nashri.

Sud majlisida marhum Jasurbek Ibrohimovning onasi — sudlanuvchi Islombek To‘laganovdan voqeani aniqlashtirish bo‘yicha savollar berdi. Bunda Hurmatbek Hayitboyevning jarayondagi ishtiroki, sudlanuvchi qo‘li va boshidagi jarohatini qay holatda olgani, nima uchun 3 may kuni Jasurbek Ibrohimovni ahvolidan xabar olish uchun qo‘ng‘iroq qilgani haqida so‘radi.

Prokuror Islombekning Turkiyaga chiqqani haqida savol berib, voyaga yetmagan shaxs xorijga chiqishi uchun biror kishining hamrohligida bo‘lishi zarurligini eslatib o‘tdi.

Sudlanuvchi Islombek esa voyaga yetmagan shaxs. Islombek Qozog‘iston orqali Turkiyaga uchib ketganini bildirdi.

Prokuror Islombekning nega Turkiyaga borganini so‘radi? Axir o‘qish joyidagi o‘quv jarayonlari va yil yakuniga oid imtihonlar tugamagan paytda safarga qanday ehtiyoj sezgani bilan qiziqdi. Ayblanuvchi Turkiyada oilaviy tanishining to‘yiga borganini ma’lum qildi.

Tengdosh yigitlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklarda Islombekning o‘ng qo‘li, aniqrog‘i bosh barmog‘i singan. Unga miya chayqalishi tashxisi 7 may, ya’ni voqea sodir bo‘lgan kundan 3–4 kun o‘tib tibbiy xulosa berilgan.

Islombek boshidan olgan jarohatini kollej ichida, ya’ni ahlat qutisi yonida Jasurbek qo‘qisdan musht tushirganidan so‘ng olganini aytdi. U 12–20 may kunlari shifoxonada yuqoridagi tashhis bilan davolanib chiqqanini ham qo‘shimcha qildi.

Bundoq mulohaza yuritilsa, sudlanuvchi — jabrlanuvchi bo‘lib chiqmoqda...

U boshidan va o‘ng qo‘lidan jarohat olgan. Shifoxonada yotgan. Bu orada Islombekning otasi marhum Jasurbekni shifoxonada tibbiy ko‘riklardan o‘tkazgan. Sudlanuvchi esa oilaviy qarindoshining to‘yiga borish uchun Qozog‘isttonga o‘tib, u yerdan Turkiyaga uchgan...

Taajjjub...

Mazkur ishda noaniqliklar, chalkashliklar ko‘pdek nazarimizda...

Jabrlanuvchining advokati Ismoilova sudlanuvchi To‘laganovdan uning bo‘yining uzunligi, vazni hamda ichki ishlar bo‘limi yoki boshqa ro‘yxatlarda turish yoki turmasligi haqida so‘radi

Sudlanuvchi To‘laganov bo‘yi 178 sm, vazni 86 kg ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, u IIB ro‘yxatida turmasligini hamda faqatgina darslarga kechikib kelganligi va dars qoldirgani sababli o‘rta maxsus ta’lim muassasasi ro‘yxatida turishini ma’lum qildi.

Biroq bu narsa, aniqrog‘i sudlanuvchining vazni va bo‘yining uzunligi sud ishida qanday ahamiyat kasb etishi oydinlashtirilmadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi Jasurbek Ibrohimovning og‘ir tan jarohati oqibatida vafot etgani tufayli O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan Islombek To‘laganovga (1999 y.t.) nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.

Raislik qiluvchi Matjonov guvohlarni eshitish bo‘yicha navbatdagi sud majlisini 2 oktyabr kuni 15.00da bo‘lib
o‘tishini ma’lum qildi.

Umid qilamizki, adolat qaror topadi...




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 63
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 32
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 42
  • Bo‘limlar