“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 07:05
ЎЗO‘Z

2018 yildan nogironlar uchun moslashtirilmagan transport xarid qilish taqiqlanadi

28 sen, 18:12 10 557 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
2018 yildan nogironlar uchun moslashtirilmagan transport xarid qilish taqiqlanadi Prezidentning “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.

Norma.uz’ning yozishicha, “nogiron” atamasi o‘rniga “nogironligi bo‘lgan shaxs”dan foydalanish taklif qilinmoqda. BMTning nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasini ratifikatsiya qilishning zarurligi qayd etildi. “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun asosida esa “Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqiladi.

3 dekabr kunini mamlakatda Nogironligi bo‘lgan shaxslar kuni, deb e’lon qilish taklif qilindi. Shuningdek, Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish maqsad qilingan. Bundan tashqari, taxminan kelgusi yilda qo‘shimcha ravishda qator chora-tadbirlar qabul qilinadi:

• nogironlikni tayinlash masalasi bo‘yicha hamkorlikning elektron tartibi joriy etiladi (1 yanvardan). Natijada, YaIDXP orqali elektron shaklda murojaat qilish va hujjatlarni taqdim etish mumkin bo‘ladi;
• nogironligi bo‘lgan shaxslarning yagona elektron reyestri joriy etiladi, u o‘z ichiga ushbu shaxslar, tayinlangan pul to‘lovlari miqdori va turlari, berilgan reabilitatsiyaning texnik vositalari va protez-ortopedik buyumlar, dori-darmonlar, taqdim etilgan ijtimoiy xizmatlar va imtiyozlar to‘g‘risida kompleks axborotni oladi (1 martdan). Bu ushbu sohada ishlarning holati to‘g‘risida tezkor axborot olish, davlat organlari o‘rtasida ma’lumotlar almashishni amalga oshirish, byudjet mablag‘larini maqsadga nomuvofiq sarflash va suiiste’molchilik faktlarini oldini olish imkonini beradi;
• nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilmagan yo‘lovchi transportini xarid qilish taqiqlanadi (1 yanvardan). Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirilgan, shu jumladan qayta jihozlash imkoniyati bilan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish boshlanadi;
• nogironlik berish va nogironlik bo‘yicha pensiya to‘lash tartibi mezonlari qayta ko‘rib chiqiladi (1 fevralgacha). Bu yo‘nalishda xalqaro standartlarga o‘tish amalga oshirilishi kerak;
• oliy ta’lim muassasalarida nogironligi bo‘lgan shaxslar imtiyozli shartlarda o‘qishga kirishi uchun kvotalar joriy qilinadi (1 martgacha).

Loyiha Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va ularning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini o‘z ichiga oladi. U 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 66 ta chora-tadbirni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:

I – nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot sifati va darajasini oshirish;

II – nogironlikni profilaktika qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam va ijtimoiy reabilitatsiyaning samaradorligini oshirish;

III - nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalash, ularni talab bo‘lgan kasblarga o‘qitish tartibini takomillashtirish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni maxsus kasbiy tayyorlash va yangi kasblarga qayta tayyorlash, shuningdek ularni ishga joylashtirishga yordam berish;

IV – tibbiy-ijtimoiy muassasalarni moddiy-texnik jihozlashni yaxshilash, nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi imkoniyati bo‘lgan va qulay muhitni ta’minlash.

Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Samarqandda maktab o‘quvchisini urib yuborgan haydovchining o‘zi ham o‘quvchi ekan 05 мая, 19:56 92
  • Prezident ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi 05 мая, 16:54 48
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 76
  • So'nggi yangiliklar
  • Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi 06 мая, 06:00 1
  • AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi 06 мая, 00:30 78
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 20
  • Ispaniya va Argentina o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi 05 мая, 23:50 87
  • Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor" 05 мая, 23:34 35
  • Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi" 05 мая, 23:20 32
  • Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak" 05 мая, 23:05 99
  • Polsha tashqi ishlar vaziri: “Xitoy Putinni urushni to‘xtatishga majburlashi mumkin” 05 мая, 22:40 91
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 33
  • Yoav Galant tez orada Rafahga hujum bo‘lishiga ishora qildi 05 мая, 21:53 76
  • O‘zbekistonda korrupsiyani kamaytirishga qaratilgan 7 mln yevrolik tashabbus boshlandi 05 мая, 21:25 54
  • Superliga. "Bunyodkor" bu safar "Surxon"ga imkoniyatni boy berdi 05 мая, 21:02 53
  • Bo‘limlar