“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 22:04
ЎЗO‘Z

Prezidentimiz Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirini qabul qildi (video)

26 sen, 09:47 6 587 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Prezidentimiz Rossiya qishloq xo‘jaligi vazirini qabul qildi (video) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga binoan mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachevni qabul qildi. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanalida xabar berilgan.

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, yuqori va oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining izchil rivojlanishi va yanada mustahkamlanishiga, turli sohalar, jumladan, qishloq xo‘jaligida o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilganini chuqur mamnuniyat bilan qayd etdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasida mavjud bo‘lgan "yashil yo‘lak" doirasida Rossiya bozoriga yetkazib berilayotgan ho‘l va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining turi va hajmi kengayib bormoqda. Rossiya tashkilot va kompaniyalari har yili O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan Xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu oyning boshida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yarmarka yakunida umumiy qiymati 500 million dollardan ortiq bo‘lgan eksport shartnomalari imzolandi.

Agrosanoat majmuida qo‘shma dastur va loyihalar amalga oshirilmoqda. Intensiv bog‘dorchilik, issiqxonalar xo‘jaligi, chorvachilikni rivojlantirish, seleksiya va urug‘chilik sohalari shular jumlasidandir. Mamlakatlarimiz ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish hajmini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratish va zamonaviy savdo-logistika infratuzilmasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Agrar sohada kooperatsiyani kuchaytirish va qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, jumladan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, urug‘lik va veterinariya preparatlari tayyorlash muhimligi qayd etildi. Malakali mutaxassislar tayyorlash sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Hukumat raisi Dmitriy Medvedevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Aleksandr Tkachev Rossiya mamlakatlarimiz o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasidagi keng ko‘lamli va o‘zaro manfaatli amaliy hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi 03 мая, 18:08 52
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 180
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi 03 мая, 22:00 1
  • Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi 03 мая, 21:43 14
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 6
  • Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi 03 мая, 20:53 6
  • Quddusda Turkiya fuqarosi isroillik politsiyachiga pichoq bilan hujum qildi 03 мая, 20:30 36
  • Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi 03 мая, 20:05 26
  • Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi? 03 мая, 19:36 138
  • O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi 03 мая, 19:13 34
  • Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin 03 мая, 18:53 58
  • Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi 03 мая, 18:39 65
  • Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi" 03 мая, 18:34 220
  • Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!" 03 мая, 18:26 49
  • Bo‘limlar