“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 20:19
ЎЗO‘Z

Paxta-2017: Maktab o‘quvchilaridan paxta terimi uchun pul so‘rash mumkinmi?

20 sen, 10:02 7 736 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Paxta-2017: Maktab o‘quvchilaridan paxta terimi uchun pul so‘rash mumkinmi? Kun.uz tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilib, murojaat qilgan otaning aytishicha, farzandi ta’lim olayotgan Namangan tumanidagi 1-maktab 3-sinf o‘quvchilarining ota-onasidan 2017 yil paxta terim mavsumida yollanma mehnatkashlarni jalb etish yoki o‘rniga pul so‘ralmoqda. Xalqchil qilib aytganda, «kunlik paxta terimiga mardikor qilib beringlar, bo‘lmasa, kuniga 20 ming so‘mdan to‘lov qiling», deya talab qilinmoqda.

Kun.uz muxbiri mazkur vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida, avvalo xalqaro va milliy qonunchiligimizga nazar tashladi. O‘zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat tashkilotining bola mehnatiga doir konvensiyasida, Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada, Inson huquqlari deklaratsiyasida hamda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risidagi milliy qonunchilik bazasida ham «voyaga yetmagan shaxsni majburiy mehnatga bevosita yoki bilvosita jalb etish taqiqlangan».

Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati mazkur masala yuzasidan o‘z munosabatini bildirgan: har qanday holatda ham bola mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi, umumta’lim maktablarida noqonuniy pul yig‘ishlar taqiqlangan.

Muxbir bilan suhbatda bo‘lgan otaning aytishicha, farzandining sinf o‘qituvchisi «mardikor olib berishni yoki o‘rniga 20 ming so‘m to‘lashni bot-bot takrorlamoqda, balki bu farzandining barkamol o‘qib o‘rganishi uchun kimgadir oddiy chiqimdir, yoki milliy boyligimiz uchun o‘z hissamizni qo‘shishdir», degan ota va ushbu harakat nechog‘lik qonuniy ekanligini so‘ragan.

Namangan tumanidagi 1-maktab direktori Jamolxon Tursunov bilan bog‘langanimizda, u voqeaning tafsilotini quyidagicha so‘zlab berdi: «Bu yerda anglashmovchilik bo‘lgan, ya’ni pul yig‘imi haqida hech qanday so‘z ham bo‘lmagan. Bir guruh ota-onalar esa o‘z xohishiga ko‘ra, «oq oltin» xirmoniga o‘z hissamizni qo‘shamiz, deya terimga chiqishgan. Buni yashash joylaridagi MFY vakillari ham tasdiqlaydi», deydi.

Shuni aytish joizki, bu ko‘rinishdagi bola mehnatiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shuningdek, har qanday shaxsni majburiy mehnatga jalb etish qonun bilan taqiqlangan. Agar huquq va erkinliklaringiz poymol etilayotgan holat yuz bersa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 200-06-00 ishonch raqamiga, Vazirlik huzuridagi Mehnat inspeksiya 239-41-12 ishonch raqamiga yoki https://inspektor.mehnat.uz/ sayti orqali murojaat qilgan holda xabar bering. Bundan tashqari, ish joydagi mehnat munosabatlarida majburiy ishlarga jalb etish holati kuzatilsa, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining 200-10-92 yoki 1092 ishonch raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Har qanday holatda majburiy mehnat ko‘rinishidagi ishga «o‘z xohishingiz bilan» rozilik berish haqidagi tilxat, arizaga imzo chekmang. Bu bilan siz kelgusida o‘z huquq va erkinliklaringiz uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘lasiz. Agar ish joyingizda shaxsingizga nisbatan bosim yoki tahdid uyushtirilsa, tegishli huquqni muhofaza etish organlariga murojaat qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 0
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 50
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 48
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 31
  • So'nggi yangiliklar
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 1
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 2
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 26
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 47
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 17
  • AQSH Ukrainaga yana 50 mlrd dollar ajratishni taklif qildi 04 мая, 18:00 30
  • Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi 04 мая, 17:39 18
  • Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video) 04 мая, 17:14 25
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 16
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 24
  • Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi 04 мая, 16:10 71
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 40
  • Bo‘limlar