“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 11:34
ЎЗO‘Z

Asian Fight jangchi Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi

15 sen, 18:05 9 806 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Asian Fight jangchi Mahmud Murodovga bir tiyin ham bermadi Toshkent mezbonlik qilgan Asian Fight turnirida jang qilgan va ozarbayjonlik raqibini nokautga uchratgan o‘zbekistonlik Mahmud Murodov Buxorodagi bolalar uyiga tashrif buyurdi va xayriya qildi. Bu haqda sportchining Instagram sahifasiga tayanib daryo.uz ma’lumot berdi.

Avvalroq Mahmud Murodov Asian Fight turniridan oladigan gonorarini mehribonlik uyiga taqdim etishi haqida aytib o‘tgandi. Biroq musobaqa tashkilotchilari unga bir tiyin ham bermagani ma’lum bo‘ldi. Bungacha tashkilotchilik qoniqarsiz ko‘rinishda bo‘lgani haqida maqolalar chop etilgandi.

Bugun va’damga binoan Buxorodagi bolalar uyiga keldim. Chunki Asian Fight turniridan olgan gonorarimni bolalar uyiga xayriya qilishni va’da qilgandim. Men doimo so‘zimda turaman.

Bolakaylarga yordam berish imkoniyatim borligidan xursandman. Ular chindan ham g‘amxo‘rligimiz va e’tiborimizga muhtojdirlar. Men Asian Fight uchun bir tiyin ham olganim yo‘q. Lekin, va’damni bajardim. Bu kabi ishlarni yana uzoq yillar davomida qilmoqchiman.

Agar kimdir ko‘makka muhtoj bo‘lsa, ularga yordam berish kerak, menga shunday o‘rgatishgan.
Savob ish qilsang, Xudo senga ikki barobar qilib qaytaradi. Menda ham shunday bo‘ldi. Men muhtojlarga yordam berishga harakat qildim, Xudo esa meni yanada ko‘proq mukofotladi.

Bu bilan maqtanmoqchi emasman. Oramizda shunday ishlarni qila oladiganlar yetarlicha. Shunchaki, ishoning, bolalar ko‘zidagi quvonchni ko‘rsam, kuchimga kuch qo‘shiladi. Ularga nisbatan befarq bo‘lmang, savob ish qiling.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 1
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 201
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 165
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 218
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 51
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 237
  • So'nggi yangiliklar
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 0
  • AQSH sun’iy intellektga yadro quroli ustidan nazoratni bermaslikka chaqirdi 03 мая, 10:40 0
  • Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi 03 мая, 09:34 15
  • U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi 03 мая, 09:24 45
  • Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi 03 мая, 09:09 57
  • Bayden talabalarning norozilik namoyishlari uning Isroilga nisbatan siyosatini o‘zgartirmasligini aytdi 03 мая, 09:05 14
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 243
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 219
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 334
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 105
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 126
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 209
  • Bo‘limlar