“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 22:49
ЎЗO‘Z

Endi Namanganda to‘ylarga 250 kishidan ortiq mehmon aytib bo‘lmaydi

13 sen, 23:15 6 674 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi Namanganda to‘ylarga 250 kishidan ortiq mehmon aytib bo‘lmaydi Avvalroq, Toshkent shahrida avj olib borayotgan dabdali to‘ylardagi ortiqcha sarf-harajatlarni yo‘q qilish masalasi ko‘tarilgan edi. Bunda to‘ylarni cheklash bo‘yicha huquqiy asoslarni qayta ko‘rib chiqish zarurati tug‘ilgani aytilgan.

Shundan kelib chiqib, Namangan viloyati hokimligi tomonidan “To‘y-hasham, oilaviy tantana, ma’raka va marosimlar, marhumlar xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini yanada ixchamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi ishlab chiqilib, Normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga xalq muhokamasi uchun joylashtirildi.

Qaror loyihasi 11 sentyabr kuni muhokama uchun qo‘yilgan bo‘lsa, 26 sentyabrda muhokama qilish jarayoni yakunlanadi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi hamda keng jamoatchilikning taklif va istaklari inobatga olinib, viloyatda har qanday to‘y va marosimlar bir kunda o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yish, Namangan shahrida bo‘lib o‘tadigan to‘y bazmlarni kechki soat 22:00 da to‘xtatish lozimligi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, shahar va tumanlardagi restoran, kafe va to‘yxonalarda marosimlarni o‘tkazish vaqtini 3 soatdan ortib ketmasligini nazorat qilinishini ta’minlash masalasi qayd etilgan.

Har qanday tadbirlarni bir kunda, ko‘pi bilan 200–250 nafardan ortiq mehmonlarni jalb etmagan holda o‘tkazilishi qat’iy belgilab qo‘yilishi tavsiya etilgan.

Manba: qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 87
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 163
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 55
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 152
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 275
  • So'nggi yangiliklar
  • Qashqadaryo viloyatidagi qishloq “Turizm mahallasi” maqomini oldi 28 apr, 22:00 0
  • Rossiyaning “Kushevskaya” aerodromiga dronlar hujum qildi 28 apr, 21:39 21
  • Ukraina tashqi ishlar vaziri Putinni “siyosiy hayvon” deb atadi 28 apr, 21:19 58
  • Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi 28 apr, 20:11 75
  • Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O‘zbekistonning nega ko‘p gol urib, darvozasidan to‘p o‘tkazmasligini bilib oldim" 28 apr, 19:43 215
  • Timur Kapadze Indoneziyaga qarshi kechadigan yarim final bahsidan oldin nimalar dedi? 28 apr, 19:24 162
  • Futzal. Eron 13 karra Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi 28 apr, 19:17 70
  • Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik 28 apr, 18:50 47
  • Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi 28 apr, 18:47 260
  • “Titanik”dagi eng boy yo‘lovchining soati 1,4 mln dollarga sotildi 28 apr, 18:00 59
  • Shvetsiyada ayol politsiya himoyasida Qur’onni yoqib yubordi (video) 28 apr, 17:43 224
  • Falastin prezidenti: “Isroilning Rafahdagi amaliyoti yaqin kunlarda boshlanadi” 28 apr, 17:20 70
  • Bo‘limlar