“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 06:25
ЎЗO‘Z

Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning birinchi xonimi qirg‘izistonliklar qalbini zabt etdi

10 sen, 09:45 10 919 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Qirg‘iziston OAV: O‘zbekistonning birinchi xonimi qirg‘izistonliklar qalbini zabt etdi Qirg‘iziston Respublikasidagi Rossiya OTMlari bitiruvchilari assotsiatsiyasi ijrochi direktori Esen Saliyev Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi haqida yozdi. Uning gaplarini Qirg‘izistonning «Tuz.kg» nashri keltirib o‘tdi.

«Bilasizmi, «shaxsning tarixdagi roli» degan tushuncha bor, bunda bir kishi sharofati bilan yangi mamlakatlar ochiladi, davlatlararo nizolar hal bo‘ladi, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar o‘zgarishi yuz beradi va yangi istiqbollar ochiladi! Shu kunlarda bizga qardosh o‘zbek xalqi bilan do‘stlik, hamkorlik va do‘stona qo‘shnichilik aloqalarini yanada rivojlantirishning yangi istiqbollarini ochish imkoniyati berilmoqda! Va bu imkoniyat bizga Prezident Mirziyoyev sharofati bilan berildi!» — deb yozdi u.

«Do‘stlar, biz qardosh va do‘stona qo‘shni xalqmiz! Biz ahillik va hamkorlikda yashashimiz, o‘rtamizda anglashilmovchilik va chegara nizolari bo‘lmasligi kerak. Prezidentlarimiz kelishib olsin va anglashilmovchilik masalalariga nuqta qo‘ysin, biz dunyoda hayotimizning ikki tomonlama va ko‘p tomonlama darajalarida eng ahil qardosh xalqqa aylanaylik!» — deya qayd etdi Esen Saliyev.

Nashr qo‘shimcha qilishicha, qirg‘izistonliklar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasiga qoyil qolishgan. «Fuqarolarimiz birinchi xonim — Mirziyoyevning rafiqasiga to‘g‘ri ma’noda qoyil qoldi. Yorqin, didli Ziroatxon Hoshimova — O‘zbekiston birinchi xonimining ism-sharifi shunday — qirg‘izistonliklarning qalblarini zabt etdi», — deyiladi maqolada.

Manba: daryo.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 178
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 51
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 64
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 62
  • So'nggi yangiliklar
  • 2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi 05 мая, 05:48 6
  • Karlo Anchelotti Arda Gyuler haqidagi savolga keskin javob qaytardi 05 мая, 05:30 11
  • La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi 05 мая, 05:12 10
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 63
  • Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi 05 мая, 00:00 214
  • Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi 04 мая, 23:36 64
  • Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi 04 мая, 23:13 65
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 118
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 46
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 106
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 97
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 136
  • Bo‘limlar