“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 17:32
ЎЗO‘Z

Xo‘sh, ertaga dollar kursi qancha bo‘ladi?

04 sen, 21:38 8 701 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Xo‘sh, ertaga dollar kursi qancha bo‘ladi? An’anaga muvofiq xorijiy valyutalarning rasmiy kursi bugun o‘zgarmadi.

"Qalampir.uz" tahririyati doimiy ravishda xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan Markaziy Bank tomonidan belgilangan rasmiy kursini e’lon qilib keladi. Ushbu an’ana bugun, 4 sentyabr kuni davom ettirilmadi.

Sababi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 sentyabr kunidan boshlab erkin konvertatsiya amaliyotini joriy etish to‘g‘risidagi farmoni imzolangan edi.

Ushbu farmon konvertatsiya-valyuta munosabatlari haqidagi muhokamalarni kun mavzusiga aylantirdi.

AQSh dollarining rasmiy kursi bir oyda 100 so‘mdan ko‘proqqa (4098 so‘mdan 4210 so‘mgan ko‘tarildi) oshgan. Agar rasmiy kurs o‘z holida har oyda o‘rtacha 100 so‘mdan oshadigan bo‘lsa, rasmiy hamda “qora bozor” kursi taxminan uch yilda tenglashishi mumkin edi.

Tahririyatimizning ishonchli manbaalariga ko‘ra, 5 sentyabrdan O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan tijorat banklari valyuta oldi-sotdi savdosini 8000–8150 so‘m bilan boshlaydi.

Bugun Markaziy Bank tomonidan tijorat banklariga valyuta kursini belgilash bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan. Ko‘rsatma 4 sentyabrdan 5 sentyabrga o‘tar kechasi berilishi kutilmoqda. Ushbu vaqtda barcha banklarda to‘lovlar yakunlanadi.

Xabarlarga ko‘ra, Markaziy Bank tomonidan belgilangan milliy so‘mning xorijiy valyutaga nisbatan kursi 4210 so‘mda saqlanib qolinadi va u 8000 so‘mgacha o‘zgarib boradi.

Odamlarni qiziqtirayotgan konvertatsiya-valyuta masalasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining rasmiy bayonotini kutamiz va ushbu masalaga oid yangiliklar bilan muxlislarimizni birinchilar qatorida xabardor etishga harakat qilamiz.




Mavzuga oid yangiliklar
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti 03 мая, 10:42 40
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 233
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 190
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 252
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 57
  • So'nggi yangiliklar
  • “Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi? 03 мая, 16:31 1
  • AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik... 03 мая, 15:54 15
  • O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti 03 мая, 15:47 6
  • Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi 03 мая, 14:59 49
  • «Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi 03 мая, 14:56 40
  • Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi 03 мая, 14:10 40
  • AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto) 03 мая, 13:43 60
  • SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi? 03 мая, 13:25 129
  • OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni 03 мая, 13:00 43
  • Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib" 03 мая, 12:44 39
  • Indoneziya U-23 murabbiyi Shin Tae Yong: "Oxirgi imkoniyatdan foydalanishga urinib ko‘ramiz" 03 мая, 12:23 63
  • O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti 03 мая, 12:00 185
  • Bo‘limlar