“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 09:42
ЎЗO‘Z

Markaziy Bank: aholidan chet el valyutasini sotib olish yo‘lga qo‘yiladi

29 avg, 14:24 7 853 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Markaziy Bank: aholidan chet el valyutasini sotib olish yo‘lga qo‘yiladi O‘zbekiston Markaziy Banki raisi tijorat banklarida tashkil etilgan ayirboshlash shoxobchalaridan jismoniy shaxslarning chet el valyutasini uzluksiz sotib olishi uchun madad pullari berish to‘g‘risida qarorni imzoladi.

Qaror bilan jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, tijorat banklarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali naqd chet el valyutasini sotib olish uchun tijorat banklari filiallarini yetarli miqdorda naqd so‘m bilan ta’minlash maqsadida Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalari — tijorat banklari filiallariga madad pullari beradi.

Madad pullari Markaziy bankning HBB (hisob-kitob-kassa) markazi aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan beriladi.

Mazkur madad pullari — tijorat banki filiallarining valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun ishlatiladi.

Bank kassalaridagi mablag‘ naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun yetarli bo‘lmagan hollarda, naqd chet el valyutasini xarid qilish uchun talab etiladigan summa — madad puli so‘rash orqali, ya’ni Markaziy bankning HBBlariga yo‘riqnoma asosida buyurtma qilinish orqali amalga oishiriladi.

Bank tomonidan so‘ralgan madad pullari Markaziy bankning HBB farmoyishiga asosan HKKM aylanma kassasidagi naqd pullar hisobidan, inkassatsiya xizmati orqali beriladi.

Ma’lumot uchun, 12 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining “Tijorat banklariga jismoniy shaxslardan naqd chet el valyutasini sotib olishi uchun “Markaziy bank tomonidan madad pullari berish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilingan edi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 242
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 74
  • "Dong Feng pessenger" jarima maydonchasida 27 apr, 14:38 109
  • Toshkentda 80 dan ortiq fuqaro nomiga kreditga texnika xarid qilgan ayol va uning ikki sherigi qamaldi 27 apr, 13:24 153
  • So'nggi yangiliklar
  • Murzoyev: "Qaysidir ma’noda baribir Indoneziya qulayroq raqib, biz musobaqa favoritimiz" 28 apr, 08:51 0
  • Tojikiston o‘z fuqarolarini «o‘ta zarurat bo‘lmasa» Rossiyaga bormaslikka chaqirdi 28 apr, 08:41 0
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 8
  • AQSH Ukrainaga Patriot havo-mudofaa tizimlarining yangi to‘plamini yetkazib beradi 28 apr, 06:00 20
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 79
  • Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi? 28 apr, 00:30 221
  • Umarali Rahmonaliyev: "Yarim finalga hech qachon kuchsiz jamoalar yo‘l olmaydi" 28 apr, 00:00 95
  • Bundesliga. "Bayer" 90+6 daqiqada gol urib yana mag‘lubiyatdan qutulib qoldi! 27 apr, 23:54 54
  • Istanbulda kuchli zilzila yuz berishi aytildi 27 apr, 23:44 114
  • Global Janub kimniki? 27 apr, 23:41 168
  • AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi 27 apr, 23:38 149
  • "Bugun gapirsam, hammasi yonadi!". Muhammad Saloh Klopp bilan urishib qoldi 27 apr, 22:40 225
  • Bo‘limlar