“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 28 2024, 16:07
ЎЗO‘Z

Samarqand viloyatida 6 hokim almashdi

21 avg, 23:33 10 751 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqand viloyatida 6 hokim almashdi Samarqand viloyatida bir kunda 6 nafar hokim almashdi. Viloyat ma’muriy markazi Samarqand shahri hokimi almashtirilgani, shaharga Vohid Rahimov o‘rniga Furqat Rahimov hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Viloyatning bir necha tumanlariga ham yangi hokimlar kelgan. Qarorlar xalq deputatlari viloyat kengashining 21 avgust kungi yig‘ilishida tasdiqlangan.

Viloyat hokimi matbuot xizmatining KUN.UZ nashriga ma’lum qilishicha, Bulung‘ur tumani hokimi Furqat Jalolovich Rahimov Samarqand shahar hokimi vazifasiga o‘tkazilgach, uning o‘rniga Samarqand shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bahodir Bahromov kelgan.

Samarqand shahrining sobiq hokimi Vohid Rahimov avval xabar berganimizdek, viloyatning Paxtachi tumaniga hokim etib tayinlangan.

Samarqand tumanida ham hokim almashtirilgan. Shu kungacha bu lavozimni egallab kelgan Botir Mamirovich Qodirov o‘rniga Shuhrat O‘roqovich Jamolov tayinlangan. Sh.Jamolov shu paytgacha Davlat soliq qo‘mitasi qoshidagi respublika axborot-maslahat markazining hududiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tayloq tumani hokimi vazifasida ishlab turgan Po‘lat To‘ychievich Ahmedov ham lavozimidan ozod qilingan. Uning o‘rniga Kattaqo‘rg‘on shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Bahodir Sayfillaevich Sa’dullaev Tayloq tumani hokim etib tayinlangan.

Kattaqo‘rg‘on shahriga esa «MT-Invest Impeks» kompaniyasiga rahbarlik qilgan Muzaffar Qodirovich Hoshimov hokim etib tayinlangan.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi 28 apr, 06:34 53
  • Toshkentda o‘g‘lini onasidan ajratmoqchi bo‘lib kaltaklagan ota 5 sutkaga qamaldi 28 apr, 00:33 144
  • Vazirliklar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi 27 apr, 18:17 265
  • 10 mingdan ortiq o‘zbekistonlik tibbiyot sohasi vakillari Britaniyadagi shifoxonalarga ishga qabul qilinadi 27 apr, 16:19 77
  • So'nggi yangiliklar
  • Toshkentda fuqarolarga hujjatsiz uylarni sotganlar qidirilmoqda 28 apr, 15:20 1
  • Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi 28 apr, 14:55 54
  • Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video) 28 apr, 14:55 22
  • Ilon Mask kutilmaganda Xitoyga bordi. Nega? 28 apr, 14:28 76
  • O‘zbekistonning demografik ko‘rsatkichlari e’lon qilindi 28 apr, 13:43 45
  • “Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi 28 apr, 13:37 39
  • Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi! 28 apr, 13:20 115
  • O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor yog‘di 28 apr, 12:45 85
  • “Bayer” yangi asrning yangi rekordini o‘rnatdi 28 apr, 12:20 61
  • Harri Keyn takrorlanmas rekord o‘rnatdi 28 apr, 12:00 86
  • Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi 28 apr, 11:52 41
  • Saloh va Klopp hammaning oldida bahslashdi. «Liverpul»da yana yo‘qotish 28 apr, 11:36 116
  • Bo‘limlar