“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 23:10
ЎЗO‘Z

Zangiotada 3 kishini o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs ushlandi

18 avg, 23:49 10 296 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Zangiotada 3 kishini o‘ldirganlikda gumonlanuvchi shaxs ushlandi Bugun, 18 avgust kuni ertalab Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a» va «j» bandlarida (ikki yoki undan ortiq shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan qasddan o‘ldirish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinuvchi M.Musaev ushlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi saytida xabar berildi, deb yozmoqda «UZ24» nashri.

Sud tomonidan M.Musaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi extiyot chorasi qo‘llanildi.

Bundan avval joriy yilning 15 avgust kuni viloyat prokuraturasi tomonidan Toshkent viloyati Zangiota tumani «Turobobod» mahallasi Turkiston ko‘chasi 15-uyda M.Komilov (1938 y.t.), Sh.Komilova (1951 y.t.) va Sh.Abdievalarning (1967 y.t.) qasddan o‘ldirilganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, mazkur jinoyat ishi bo‘yicha M.Musaevga nisbatan qidiruv e’lon qilingan edi.

Jinoyat mazkur mahallada o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi orqali yozib olingan videotasvir yordamida fosh etilgan.

Hozirgi vaqtda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining o‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi 04 мая, 16:53 20
  • O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi 04 мая, 16:33 33
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 57
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 54
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 33
  • So'nggi yangiliklar
  • Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi 04 мая, 23:00 0
  • O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p? 04 мая, 22:35 0
  • Demensiyadan himoya qiladi va kayfiyatni ko‘taradi: birgina mahsulotdan super ichimlik 04 мая, 22:16 1
  • Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi” 04 мая, 21:45 10
  • Ukraina AQSHdan birinchi navbatda MQ-9 dronlarini yetkazib berishni so‘ramoqda 04 мая, 21:42 8
  • Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi 04 мая, 20:39 54
  • Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video) 04 мая, 20:19 27
  • Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi 04 мая, 19:55 13
  • Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi 04 мая, 19:32 91
  • “Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto) 04 мая, 19:08 75
  • Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi 04 мая, 18:46 125
  • Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim” 04 мая, 18:23 43
  • Bo‘limlar