“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 19 2024, 08:26
ЎЗO‘Z

Shavkat Mirziyoyev milisiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini o‘rnatdi

18 avg, 12:03 7 051 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Shavkat Mirziyoyev milisiya faoliyati ustidan prokuror nazoratini o‘rnatdi Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura xodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti, deb ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar organlari vakillari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida.

Yig‘ilishda ayrim hududlarda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatlarni barvaqt aniqlash ishlari qoniqarli emasligi qayd etildi. Masalan, respublika bo‘yicha jinoyatchilik ko‘rsatkichlari kamaygan, lekin Samarqand viloyatida oshib ketgan. Buxoro, Navoiy, Farg‘ona viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlar tomonidan jinoyat sodir etish holatlari ko‘paygan.
Joylarda profilaktika masalasiga etarlicha e’tibor berilmayapti: Samarqand viloyatida sodir etilgan 49 ta qotillikdan 14 tasi, Jizzax viloyatida 10 tadan 4 tasi, Navoiy viloyatida 10 tadan 3 tasi, Qashqadaryoda 30 tadan 6 tasining oldini olish uchun to‘liq imkoniyatlar mavjud bo‘lgan — mahalla faollari va profilaktika inspektorlari muayyan jinoyat ehtimolidan boxabar bo‘lsa-da, biror chora ko‘rmagan.

Hududlarda ishlar xo‘jako‘rsinga, faqat qog‘oz uchun bajarilayotgani oqibatida vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarmayotgani aytildi.
«Hududlarda ichki ishlar organlari faoliyatida kamchiliklar yuzaga kelib, uzoq muddat echilmayotganida ma’lum ma’noda tuman va shahar prokurorlarining ham aybi bor. Prokuraturaning asosiy vazifalaridan biri ichki ishlar organlari qonunlarni qanday ijro etayotganini nazorat qilish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda ular bilan faoliyatni muvofiqlashtirishdan iborat. Lekin ayrim prokuratura xodimlari tanish-bilishchilik tufayli bu vazifani vijdonan ado etmayapti. Bir so‘z bilan aytganda, ichki ishlar organlari faoliyati ustidan prokuror nazorati etarli darajada o‘rnatilmagan», — dedi Mirziyoyev.

Shu munosabat bilan Bosh prokuratura rahbariyatiga ichki ishlar organlari faoliyati ustidan samarali prokuror nazorati o‘rnatish va prokurorlarning shaxsiy mas’uliyatini oshirishni ta’minlash vazifasi topshirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.


Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Toshkentda shamol sabab daraxt Tracker ustiga quladi 18 мая, 18:53 104
  • Mahkumlar huquqlarini ta’minlash yanada mustahkamlanadi 18 мая, 17:56 58
  • “Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi 18 мая, 15:36 148
  • Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi 18 мая, 14:19 99
  • So'nggi yangiliklar
  • Ukrainaning Xarkov viloyatidan 10 ming nafarga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi 19 мая, 00:50 78
  • Guterrish: Yaqin Sharq faqat Falastin davlati tuzilgandan keyin tinchlanadi 19 мая, 00:32 61
  • Bishkekda yuz bergan tartibsizliklarda 29 kishi yaralandi, 10 kishi hibsga olindi 19 мая, 00:26 221
  • Xitoyda bolalarning ekranga qarash vaqti cheklangani ularning harakatsizligini kamaytirgani aniqlandi 18 мая, 23:23 25
  • Vladimir Putin harbiy rahbariyatni nega almashtirdi? 18 мая, 22:56 224
  • Toshkent viloyatida 5 yoshli bola suv krani uchun o‘rnatilgan kichik o‘raga tushib ketdi 18 мая, 22:30 49
  • Afg‘onistonning G‘or viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida kamida 50 kishi halok bo‘ldi 18 мая, 22:05 56
  • Superliga. “Olimpik” safarda g‘alaba qozondi, "Andijon" esa durangga imzo chekdi 18 мая, 21:54 102
  • Ukraina AQSHdan Rossiya hududiga zarba berishda yordam so‘radi 18 мая, 21:00 186
  • Rossiya kuchlari Xarkov viloyatining Staritsa hududini egalladi 18 мая, 20:33 237
  • Rossiya bilan yana bir yo‘nalishda strategik hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi 18 мая, 20:10 84
  • Robert De Niro bir yoshli qizi haqida: “Meni shartsiz yaxshi ko‘radigan yagona inson” 18 мая, 19:43 111
  • Bo‘limlar