“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 02 2024, 08:39
ЎЗO‘Z

Erkin Komilov: Dabdabali to‘ylarni, asosan, haromdan pul topganlar qiladi

15 avg, 22:35 6 827 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Erkin Komilov: Dabdabali to‘ylarni, asosan, haromdan pul topganlar qiladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni san’at va madaniyat sohasi vakillari bilan uchrashuvda to‘ylardagi dabdababozlik haqida to‘xtalgandi. Davlat rahbarining Olmaliq shahriga tashrifida ham to‘y mavzusi yana ko‘tarildi.

Kun.uz tahririyati ushbu masala bo‘yicha O‘zbekiston Xalq artisti Erkin Komilov bilan suhbatlashdi.

Erkin Komilovning aytishicha, zamonaviy to‘y deb ma’naviyatni bulg‘amaslik, toptamaslik kerak.

“Bizning o‘zbek xalqimiz juda havasmand xalq, lekin u havasni toptab, oshirib yubormaslik kerak-da. Hamma narsada me’yor bor. Bir narsaga hayron bo‘laman: mana mustaqil bo‘lganimizga 26 yil bo‘layapti. Ba’zi bir bolalar 26 ga kirib, ikki nafar farzandli ham bo‘ldi. Ular hayot shunaqa tarallabedoddan iborat, nima qand esam men eyaveraman, deb o‘ylayapti.

Men to‘ylarga boradigan bo‘lsam, hayron bo‘laman. Bir aylana stolda bir kambag‘al to‘y qilsa bo‘ladi. Ba’zilar qarzga olib to‘y qilayapti, keyin bu qarzini vaqtida to‘lay olmagandan so‘ng turli kasalliklarga giriftor bo‘layapti. Mana, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston yoshlar ittifoqining yig‘ilishida yoshlarning og‘zini kutdim, deyapti. Birontasi to‘ylar haqida gapirarmikan, ota-onamiz qiynalib ketdi, dermikan, desam demadi, deyapti.

Endi otaga aytadi, falonchining o‘g‘li shunday uylandi, nega men bunday uylanishim kerak, deydi. Birovning orqasidan yugurib ketayapti. Ertaga nima bo‘ladi, ota-onamni qiynab nima qilaman, shuncha pul to‘lab meni o‘qitayotgan bo‘lsa, endi yana “bebiliska” to‘y qilib beradimi, deb o‘ylamayapti. Kuyovnavkar mayli bor, kelinnavkar, degan narsalar qayerdan chiqqan? O‘ntalab kiyimlarni kiydirib qo‘yish... Bularning bari ongsizlik, tafakkurning yo‘qligidan, ma’naviy pastlikdan kelib chiqadi. Boshi bir devorga tegmasidan avval ota-ona, bolalari o‘ylashi kerak: nimaga, kimga kerak unday to‘y – eydi, ichadi, ketadi. Endi qo‘shiqchilar menga falon pul, dollar bersang boraman, derkan. Bu qanday ahmoqlik? Bir kambag‘al necha yillab ishlaydi ularni to‘rtta ashulasiga. Buni ham sal tartibga chaqirish kerak. Amru-ma’riflarda ortiqcha gaplarning ko‘payib ketishini ham tartibga solish kerak. Nikoh bo‘lsa, nikoh haqida gapirish kerak.

To‘ylardagi dabdabozlikni kamaytirsak, san’atkorlar hech qachon ishsiz qolmaydi. Hammaga Alloh o‘z rizqini beradi. Bunday “bebiliska” narsalarni erkak kishilar emas, balki faqat ayollar qilmoqda. Bu 80 foiz onalarning ishi. Men 5 qizni uzatganman. Erkak qudam bilan yuzma-yuz gaplashganman – bu narsani qilmayman, siz ham qilmang. Mana farzandlarimning barchasi baxtli. Hamma qudalarim bilan o‘zim gaplashganman. Mahalla bir oy gapirar, yarim oy gapirar, eydi, ichadi, ketadi. O‘sha dabdabali to‘y qilganlarning barchasi ham baxtli yashayotgani yo‘q. O‘shalar ajrashmoqda-ku arzimagan narsadan.

Dabdabali to‘ylarni, asosan, haromdan pul topganlar qiladi. Chaqalab, tiyinlab, so‘mlab bir joyga tashlagan, men iloyim to‘y qilay, bir bokira kelin uchrasin, deb niyat qiladi o‘sha chaqalab pul topganlar.

Mening yoshlarga maslahatim: ota-onani qiynamasin, ota-ona qilaman, deganda ham “yo‘q oyi” desin. Qudalar ham bu borada kelishib olishsin. Hammasi oshiqcha narsalar, dahmazalar. Ota-onalar shuning ketidan infarkt, insult bo‘lmoqda. Bir qizini uzatdimi, uning orqasida yana biri turibdi. U bechara qayerdan oladi? Demak, chet elda ishlashim kerak ekan, deb chetga ketib, o‘sha erda kimlardir pul topib keladi, kimlardir borib, xor-u zor bo‘lib, o‘lim topib kelayapti”, - dedi Erkin Komilov.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 38
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling” 01 мая, 22:00 211
  • Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi 01 мая, 21:13 95
  • «Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi 01 мая, 20:53 38
  • Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi 01 мая, 20:13 129
  • So'nggi yangiliklar
  • Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi" 02 мая, 07:05 2
  • Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi 02 мая, 06:34 80
  • Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi 02 мая, 06:00 50
  • Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi 02 мая, 00:24 79
  • Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi 02 мая, 00:03 37
  • Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida 02 мая, 00:02 63
  • Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi 01 мая, 23:50 64
  • Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi 01 мая, 23:45 97
  • Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi 01 мая, 23:28 88
  • Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi 01 мая, 23:10 85
  • Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi 01 мая, 22:44 218
  • Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi 01 мая, 22:22 42
  • Bo‘limlar