“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 09 2024, 02:42
ЎЗO‘Z

Andijon viloyati hokimi chinorlar oxirgi vaqtda nega ko‘p kesilayotganiga izoh berdi

15 avg, 08:03 6 547 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Andijon viloyati hokimi chinorlar oxirgi vaqtda nega ko‘p kesilayotganiga izoh berdi 12 avgust kuni Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan Press-klubda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov viloyatda oxirgi vaqtlarda nega daraxtlar ko‘p kesilayapti degan savolga javob bergan.

Abdurahmonov odamlarning o‘rtacha umr yoshi 73-75 yoshni tashkil qilayotgani, ya’ni o‘rtacha umr ko‘rish uzayayotgani masalasini O‘zbekiston hukumati tomonidan chiqarilayotga qaror, farmonlarni hayotiyligi, ularning inson salomatligi uchun foydali ekanligi bilan bog‘lagan. Hokimning aytishicha ikkita zararli daraxt bor, bittasi bu chinor, ikkinchisi esa yong‘oq daraxti. Har ikki daraxt havodan kislorodni olib, o‘zidan karbonad angidrid gazini chiqaradi.

Hokim so‘zini davom ettirar ekan qolgan daraxtlar, archa, qarag‘ay daraxtlari havodagi karbonad gazini olib, o‘zidan kislorod chiqarishini qo‘shimcha qilgan.

“Eskilarimizda bir gap bor, yong‘oqning tagida uxlab qolmagin, jin urib ketadi, deydi. Hech qanaqa jin yo‘q, agar organizmda ozgina etishmovchilik bo‘lsa, kasal odam bo‘lsa xaligi chiqayotgan karbonad angidrid gazi hisobiga havo etishmaslik holati bo‘ladi, kasal bo‘ladi. Bo‘ldi boshqa sababi yo‘q” deb qo‘shimcha qilgan Abdurahmonov.

Suhbat davomida shuningdek, yong‘oq daraxtining foydali tomonlari sanab o‘tilgan.

Misol uchun, yong‘oq yaprog‘i shirasi iliq holda quloqqa tomizilsa, yiringlashning oldi olinadi. Qobig‘ining quyultirilgan shirasi tomoq og‘rig‘ini bosib, yo‘talga malham bo‘ladi. Qovurilgani kindik ustiga qo‘yilsa, ichak og‘riqlarini bosib, ich ketishini to‘xtatadi. Yong‘oq mag‘zi, ayniqsa, juda foydali. Uning tarkibidagi temir, fosfor, mis, serotin moddalari, moy va oqsil taom hazmini yaxshilaydi, quvvatni oshirib, asab tizimi faoliyatini me’yorlashtiradi.


Manba: Sof.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi” 08 мая, 21:21 156
  • Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi 08 мая, 17:30 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezident Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi organlari bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish zarurligini aytdi 09 мая, 00:52 24
  • Shavkat Mirziyoyev Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi majlisida nutq so‘zladi 09 мая, 00:09 22
  • Elektr energiyasini eng ko‘p sarflaydigan maishiy texnikalar 08 мая, 23:43 36
  • Superligada aprel oyining eng yaxshisi bo‘lishga nomzodlar 08 мая, 23:22 36
  • O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi 08 мая, 23:20 63
  • Superliga. 7-tur o‘yinlarining boshlanish vaqtlari e’lon qilindi 08 мая, 23:07 76
  • Hindistonda fuqarolarni Ukrainadagi urushga jalb qilishga uringan to‘rt kishi hibsga olindi 08 мая, 22:57 38
  • O‘FA rahbariyati Germaniya yoshlar futboli murabbiyi bilan uchrashdi 08 мая, 22:53 25
  • Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim" 08 мая, 22:35 67
  • Buxoroda bedarak yo‘qolgan erkak sinfdoshi tomonidan o‘ldirilgani aniqlandi 08 мая, 22:09 133
  • Anchelotti "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan fikr bildirdi 08 мая, 21:52 53
  • Tuxel "Real"ga qarshi o‘yin haqida: "Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Bu "Bavariya" uchun oxirgi imkoniyat" 08 мая, 21:37 65
  • Bo‘limlar