“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 08 2024, 03:08
ЎЗO‘Z

Endi to‘yda mehmonlar 200 kishidan oshmaydi, xonandalardan tortib, ichimliklar sonigacha hisob beriladi (Video)

14 avg, 08:38 7 544 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Endi to‘yda mehmonlar 200 kishidan oshmaydi, xonandalardan tortib, ichimliklar sonigacha hisob beriladi (Video) 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ijodkorlar bilan o‘tgan uchrashuvda to‘y-hashamlar va ulardagi ortiqcha dabdaba, “kelinnavkar” haqida aytgan fikrlaridan keyin, bu mavzu kunning eng dolzarb muhokamasiga aylandi. Mana 10 kundirki, televidenie, ijtimoiy tarmoqlar orqali to‘y-hashamlarni o‘tkazish borasida bahs-munozaralar qizigandan qizimoqda.

Shavkat Mirziyoyev bunday marosimlardagi ortiqcha sarf-xarajatlarni qisqartirish lozimligini bejizga bot-bot ta’kidlamayapti. Bu masala ancha yillardan buyon muhokama markazida bo‘lsa-da, so‘nggi yillarda Evropaga taqlid qilgan holda to‘ylarda turli udumlarning paydo bo‘lishi, ortiqcha dabdali odatlarning ko‘payishi avj olmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 11 avgust kuni Olmaliq shahriga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edik. Mazkur tashrif davomida davlat rahbari to‘y mavzusiga ham to‘xtalib o‘tdi hamda marosimn o‘tkazishning “Olmaliq shahar tajribasi”ni taqdim etdi.

Bobur mahallasi hududida FHDYo binosi qad rostlashi va bu markazlashgan darcha bo‘lishini ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev FHDYo bo‘limining yangi vazifalari haqida quyidagilarni so‘zladi:

“Endi FHDYo bo‘limi mudirasi faqatgina ro‘yxatga olib yurmaydi, bu bino ichida ham 200 kishiga mo‘ljallangan to‘y qiladigan joy bo‘ladi. To‘yda necha nafar xonanda bo‘ladi, qancha ichimlik bo‘ladi, qancha harajat qilinadi – nazorat qiladi. To‘y qilmoqchi bo‘lganlarga aytadi: mana shunday to‘y qilsangiz, marhamat ruxsat beramiz, bo‘lmasa boring Toshkent shaharga borib to‘y qiling, deydi. Qaysi FHDYo bo‘limi, qaysi hokim biz qabul qilgan qaror bo‘yicha to‘y qilmasa, javobgarlikka tortiladi.

Unda 2 ta kitob, 4 ta she’r o‘qiydi. Unda evropacha odam eshitmaydigan har xil diskoteka qo‘shiqlar bo‘lmaydi. Odam tushunadigan ashulalar aytiladi. FHDYo mudirasi qo‘l qo‘ydimi, shu to‘y uchun javobgar bo‘ladi. Qaerda qoidalarga mos kelmaydigan to‘y bo‘lsa, ketadi ishdan. Porasini olib, ro‘yxatdan o‘tkazadigan zamon o‘tib ketdi. Agar shunday qilmasak, bu illat yaxshi manfaatga olib kelmaydi, ertangi siyosatimizga ham ta’sir qiladi”.

Shavkat Mirziyoyev bunday fikrlarni so‘zlar ekan, asosiysi yoshlarning baxti ekanligini ta’kidladi. “Dabdali to‘y o‘tkazib, oradan biroz vaqt o‘tib, er-xotin ajrashib ketsa, bolalarning taqdirini kim o‘ylaydi?”, degan dolzarb savolni o‘rtaga tashladi. Prezident taklif etgan “Olmaliq shahar tajribasi” loyihasi xalq tomonidan olqishlar bilan kutib olindi, uning samarasini vaqt o‘tib ko‘rishimiz mumkin.



Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 30
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 29
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 100
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 147
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 94
  • So'nggi yangiliklar
  • Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi” 08 мая, 00:13 18
  • Putin taktik yadro quroli bilan mashg‘ulot o‘tkazishni buyurdi. Bu nimani anglatadi? 07 мая, 23:49 68
  • Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi 07 мая, 23:25 17
  • Mirjalol Qosimov: "O‘yinni tashlab yubormay, oxirigacha kurashganimiz meni quvontirdi" 07 мая, 23:03 42
  • Ro‘ziqul Berdiyev: "Tablodagi hisob 4:1 ko‘rinishiga kelganidan so‘ng xotirjamlikka berildik" 07 мая, 22:44 74
  • Kuba prezidenti harbiy paradda ishtirok etish uchun Moskvaga keldi 07 мая, 22:16 69
  • Mashhur yozuvchi Stiven King Putin va Zelenskiyga o‘zaro mushtlashishni taklif qildi 07 мая, 21:55 100
  • Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda 07 мая, 21:30 43
  • Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi 07 мая, 21:11 84
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 64
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 24
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 53
  • Bo‘limlar