“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 09:01
ЎЗO‘Z

Mirziyoyev: “Meni eshit, qizlarning ro‘molini echishdan boshqa ishing yo‘qmi?!”

11 avg, 12:01 103 919 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Mirziyoyev: “Meni eshit, qizlarning ro‘molini echishdan boshqa ishing yo‘qmi?!” Nuz.uz sayti siyosatshunos Usmon Haqnazarovning “Mirziyoyev o‘zbek kuch tizimlaridan tanqidiy kayfiyatdagi jurnalistlarni tinch qo‘yishni talab qildi” sarlavhali maqolasini e’lon qildi.
Unda shu yilning 3 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at, adabiyot va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvidan Bosh prokuratura, MXX, IIV va TIV ishlar vazirligi rahbarlari bilan majlis o‘tkazgani haqida so‘z boradi.

Rahbarlarning tor tarkibi bilan yopiq majlis
Maqolada yozilishicha, Shavkat Mirziyoyev majlis qatnashchilariga murojaat qilib, yuqorida sanab o‘tilgan tashkilotlarning rahbarlari o‘zlarining xorijiy, muxolif va tanqidiy kayfiyatda bo‘lgan ommaviy axborot vositalari vakillariga bo‘lgan munosabatlarini tubdan o‘zgartirishlari lozimligini ta’kidlagan.

“Xorijiy, muxolif va tanqidiy kayfiyatda bo‘lgan boshqa ommaviy axborot vositalari faoliyatiga nisbatan munosabatlarimizni tubdan qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish vaqti keldi. Ularning tanqid va kompromatga to‘la maqolalarini bizning kamchilik va muammolarimizni ko‘rsatib beruvchi ko‘zgu sifatida qabul qilishimiz kerak. Ular bizning mamlakatimizga tahdid solishmaydi, aksincha, muammolarni topish va bartaraf qilishga yordam berishadi. Men, masalan, mamlakatdagi haqiqiy ahvol haqida sizlarning hashamdor hisobotlaringizdan ko‘ra, “Ozodlik” radiosi, “Bi-Bi-Si” va ba’zi muxolifat saytlaridan, shuningdek ijtimoiy tarmoqlardan bilaman. Shuning uchun har doim qaytaraman, sizlar meni alday olmaysizlar”, – degan O‘zbekiston prezidenti.

Davlat rahbari MXX raisi Rustam Inoyatovdan “muxolif va tanqidiy kayfiyatdagi jurnalistlar, shuningdek umuman, boshqacha fikrlaydigan fuqarolar kiritiladigan har xil qora ro‘yxatlarni tuzishni bas qilishni” so‘ragan.
Mirziyoyev shuningdek, ichki ishlar vaziri Abdusalom Azizovga ham shu yilning 1 avgust kuni Samarqand viloyati IIB podpolkovnigi mahalliy jurnalist Toshpo‘lat Rahmatullaevning faoliyatiga to‘sqinlik qilgani uchun e’tiroz bildirgan.

Yaqinda tashkil qilingan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbari Qahramon Quronboyev ham ittifoqning Surxondaryo viloyat bo‘limi Muzrobod tumanida qizlarning hijobini echish tadbirini uyushtirgani uchun gap eshitgan. “Meni eshit, sening qizlarning ro‘molini echishdan boshqa ishing yo‘qmi?! Ularni o‘z holiga qo‘y! Qanday xohlashsa, shunday yurishsin. Ijtimoiy tarmoqlarni o‘qi, odamlarning fikrini o‘qi. U erda odamlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bu – ayollarning paranjisini echgan sovet Komsomolining avlodi ekanligini yozishyapti”,- degan Mirziyoyev Q.Quronboyevga.

So‘z erkinligi mavzusiga qaytar ekan, Shavkat Mirziyoyev yopiq majlis qatnashchilaridan “jurnalistlarning hatto tuhmat va yolg‘on materiallariga ham toqat bilan yondashish”ni so‘ragan. “Jurnalistlar haqiqatni yozganmi yoki yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Lekin men tan olishim kerak-ki, xorijiy va muxolif ommaviy axborot vositalari ko‘p hollarda haqiqatni yozishmoqda va real muammolar haqida bong urishmoqda”, – deya qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston prezidenti.

So‘ngso‘z o‘rnida
Shu yilning 3 avgust kuni bo‘lib o‘tgan yopiq majlisda prezident Mirziyoyev tomonidan qo‘yilgan talablar faqatgina ommaviy axborot vositalari haqidagi o‘zbek qonunchiligiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, O‘zbekistonda OAV faoliyatini haqiqiy erkinlashtirishga qaratilgan amaliy qadamlar qo‘yilganidan keyin hayotga tatbiq qilinishi mumkin.
Hozircha esa bu chiqishni prezident Mirziyoyevning haqiqiy so‘z erkinligi va oshkoralikka erishish yo‘lidagi shaxsiy tashabbusi sifatida ko‘rish mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 47
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 217
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 304
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 162
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 169
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 260
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 78
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 107
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 176
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 289
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 167
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 38
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 53
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 143
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 196
  • Bo‘limlar