“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 03 2024, 00:34
ЎЗO‘Z

Toshkent shahrida yangi qurilgan uy joyni ipoteka kreditiga sotib olish mumkinmi?

10 avg, 22:06 11 668 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Toshkent shahrida yangi qurilgan uy joyni ipoteka kreditiga sotib olish mumkinmi? SAVOL: Toshkent shahrida barpo etilayotgan yangi uylardan xarid qilgan boshqa viloyat fuqarolariga poytaxtdan propiskaga o‘tishi mumkinligi haqida o‘qib qoldim. Uning izohlarida ya’ni “to‘lovni bank hisob raqami orqali amalga oshiradi”, deb ko‘rsatilganligi uy narxni bank orqali ipoteka ko‘rinishida to‘lasa bo‘ladimi?
Ikromjon Artikboyevich Hazratkulov

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 31-moddasiga muvofiq banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan.

Mazkur qonunning 22-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aksiyadorlik tijorat banklari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1998 yil 2 oktyabrdagi PF-2084-sonli Farmoni talablariga asosan tijorat banklari kredit operasiyalarini bank Kengashi tomonidan tasdiqlangan «Kredit siyosati» asosida mustaqil amalga oshiradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 527-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi 41-sonli «Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida»gi qaroriga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xususan, Ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi bitimlarini notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni hisob-kitobni bank hisobvaraqlari orqali amalga oshirgan holda sotib olganda ham amalga oshiriladi.

Bunda, yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk deganda mulk huquqi tuman (shahar) hokimining qurilishi tugallangan binoni va inshootni foydalanishga qabul qilish to‘g‘risidagi komissiya dalolatnomasini tasdiqlash haqidagi qarori asosida vujudga kelgan va uni qabul qilingan paytdan e’tiboran uch yil o‘tmagan mol-mulk tushuniladi.


Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 84
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Taqiqlangan usulda ov qilganlik uchun jazoni kuchaytirish taklif qilindi 02 мая, 19:25 30
  • Botir Qodirov va Jo‘rayevlarga oid sud ishi yopiq tarzda ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi 02 мая, 17:38 178
  • “Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya) 02 мая, 15:48 244
  • So'nggi yangiliklar
  • Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi 02 мая, 23:39 16
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi 02 мая, 23:35 22
  • Kuleba Rossiya qachon muzokaralarda ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirdi 02 мая, 23:30 50
  • Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak? 02 мая, 23:23 16
  • Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi 02 мая, 23:02 30
  • Turkiya Isroil bilan barcha savdo aloqalarini to‘xtatdi 02 мая, 22:50 86
  • Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi 02 мая, 22:07 115
  • O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi 02 мая, 21:28 83
  • Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi 02 мая, 21:20 20
  • Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi 02 мая, 20:36 28
  • Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi 02 мая, 20:33 89
  • Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi 02 мая, 19:45 124
  • Bo‘limlar