“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 08:04
ЎЗO‘Z

“Ahmadboy” seriali davom etadi...Toshkent viloyati jinoyat sudida navbatdagi sud majlisi

10 avg, 09:36 7 719 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
“Ahmadboy” seriali davom etadi...Toshkent viloyati jinoyat sudida navbatdagi sud majlisi Toshkent viloyati jinoyat sudida Chinoz tumanida moliyaviy piramida tashkil etib, turli noqonuniy moliyaviy amaliyotlarga qo‘l o‘rgan Ahmadjon Tursunboyev jinoiy ishi yuzasidan navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda bevosita ishtirok etgan Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, xalq orasida “Ahmadboy” nomi bilan dong taratgan ayblanuvchi va uning 6 nafar jinoiy sherigi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 4 ta moddasi bir necha bandlari bo‘yicha ayblov e’lon qilingan.

Mahkama raisi Dilshod Komilovning ma’lum qilishicha, ular nisbatan JKning 177-moddasi 3-qismi “a” va “b” bandi (valyuta qimmatliklarini noqonuniy yo‘l bilan olish yoki sotish), 188-moddasi (davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, juda katta miqdorda nazoratsiz daromad ko‘rish), 189-moddasi (Savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish), 190-moddasi 2-qismi “a” va “v” (Lisenziyasiz faoliyat bilan shug‘ullanish) bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Sud majlisida 11 nafar guvohning so‘zlari tinglandi. Ular, aslida “Chinoz halol chorva” va “Chinoz avto hamkor” MChJlarga turli miqdorda pul berib, jabr ko‘rgan bo‘lsalar-da, ushbu ish yuzasidan guvoh sifatida qatnashishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yil 16 iyunida “moliyaviy piramida” tashkil etgan Ahmadjon Tursunboyev va uning jinoiy guruhi huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olingan edi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 79
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 27
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 213
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 90
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 42
  • So'nggi yangiliklar
  • Xitoy, Fransiya va Yevropa Ittifoqi yetakchilari Isroildan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishni talab qildi 07 мая, 07:25 1
  • G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi 07 мая, 06:58 21
  • HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni qabul qildi 07 мая, 06:30 39
  • Gvardiola: Sizlar xomsemiz o‘yinchilar jamoasisiz! 07 мая, 06:00 93
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 58
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 87
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 26
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 276
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 117
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 69
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 108
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 238
  • Bo‘limlar