“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 27 2024, 11:21
ЎЗO‘Z

Latviya Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha izoh bermasligini bildirdi

02 avg, 19:05 10 637 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Latviya Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova ishi bo‘yicha izoh bermasligini bildirdi Latviya Bosh prokuraturasi respublikada Gulnora Karimovaga tegishli mulk borligi haqidagi xabarga izoh bermadi.
«Latviya Bosh prokuraturasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha ishlash va boshqarish departamenti yaqqol shaxslar haqida axborot bermasligini ma’lum qiladi. Huquqiy (sud) yordam haqidagi shartnomaga oid masalalar tergov siri hisoblanadi», — deb ma’lum qildi bosh prokuratura RIA Novostiga. Bu haqda Sputnik nashri ma’lum qildi.

2013 yil oktyabrda Gulnora Karimovaga nisbatan 2011-2013 yillarda uyushgan jinoiy guruhga bevosita ko‘maklashib, qator jinoyatlarni sodir etgani uchun jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudining 2015 yil 21 avgustdagi hukmi bilan Gulnora Karimova ayblanayotgan jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan va unga 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

O‘tgan haftada O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlariga tergov organlarining uyushgan jinoiy guruhning yuqorida qayd etilgan aktivlarini xatlash to‘g‘risidagi qarorlari yuborilganligini ma’lum qildi.
Respublika Bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, uyushgan jinoiy guruhning Shveysariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Latviya, Rossiya, Gonkong va Birlashgan Arab Amirligida mulklari borligi aniqlangan.
Latviyaning Riga shahridagi narxi 9 million evro deb baholangan «Vernisaj» ko‘ngilochar majmuasi Gulnora Karimovaga tegishli ekani taxmin qilinmoqda.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Tatyana Karimova va Pyotr Karimov o‘rtasidagi sud ishi davom etmoqda 26 apr, 21:47 266
  • Tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlar va bukmekerlikka ruxsat berildi 26 apr, 20:39 136
  • So'nggi yangiliklar
  • Surxondaryo viloyatida o‘rik pishdi (foto) 27 apr, 10:37 0
  • Laporta Xavini qanday va’dalar bilan olib qoldi? 27 apr, 10:16 0
  • ILMA bukmekerlikka oid farmon haqida: Mablag‘lar mamlakatdan chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan 27 apr, 10:10 0
  • Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik ishchi odamlarni yong‘indan qutqardi 27 apr, 07:00 149
  • Nihol qalamchasini tayyorlash, ekish va parvarish qilish uchun muhim tavsiyalar berildi 27 apr, 06:30 40
  • «Krokus»dagi terakt ishi bo‘yicha yana bir tojikistonlik qo‘lga olindi 27 apr, 06:03 179
  • Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video) 27 apr, 05:35 95
  • U-23 Osiyo kubogi. Iroq Vetnamni mag‘lub etib yarim finalga yo‘l oldi 27 apr, 01:17 190
  • Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi 27 apr, 00:26 60
  • Husain Norchayev: Bugun imkoniyatlarimizdan foydalanib g‘alaba qozondik 27 apr, 00:22 119
  • Peskov: AQSH Ukrainadagi mojaroda bevosita ishtirok etmoqda 27 apr, 00:00 131
  • Timur Kapadze Saudiya Arabistoni ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi? 26 apr, 23:36 273
  • Bo‘limlar