“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 05:40
ЎЗO‘Z

Bolani kim buzayapti: bizmi yoki telefon?

02 avg, 12:53 5 514 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Bolani kim buzayapti: bizmi yoki telefon? Mashrutkaga chiqib, endi o‘rindiqqa joylashgandim, orqadan ayol kishining ehtirosli ovozi eshitilgandek bo‘ldi. Xayolimga kelgan birinchi fikr kimdir telefonida ovozini baland qilib behayo film ko‘rmoqda (buzuq kallada boshqa qanday xayol bo‘lishi mumkin). Hayriyatki, adashibman. Ovoz orqa o‘rindiqda o‘tirgan qizaloqning qo‘lidagi telefonda kelar, u smartfonda mushuk boqadigan o‘yinni berilib o‘ynayotgan ekan.

Qizcha mushukni turtar, u har xil tovush chiqarardi (topgan tovushlarini qarang). Turtib-surgani sayin qizchaning zavqi oshar, mushukning aftodahol ahvolidan kular edi. Keyin unga bor ovozida baqirishni boshladi: “opam yomon-a, akam yomon-a”, “jinni”, “tentak”…

Boshqa yo‘lovchilarni bilmadimu, bu holat mening asabimni buzishni boshladi. Qizni quchog‘ida olib ketayotgan ona qiziga na bas qil, pastroq gapir, deb shovqin solishiga chek qo‘yar, na uning qo‘lidagi zormandaning ovozini pastroq qilardi. Mushuk katta ayollarga o‘xshab fikrni chalg‘itadigan ovozlarni tinmay chiqarardi. Bir-ikki marta orqaga qarab, onasiga xo‘mrayib qaradim. Mashrutkada yoshi mendan katta odamlar ham borligi uchun ortiqcha gap qilishdan o‘zimni zo‘rg‘a tiydim…

Ana endi falsafa suqishga o‘tsak. Birinchidan, bolaning og‘zidan faqat salbiy gaplar chiqayapti. Jamoat joyida baland ovozda shovqin qilayapti. Ikkinchidan, garchi o‘yinda bo‘lsa ham azob berishdan lazzatlanayapti, zavqlanayapti. Ona jim, go‘yoki qizi yaxshi ish qilayapti, yoki shu smartfon bilan ovunib, chalg‘ib ketayotganidan xursand. Qaysi biri tarbiyani ko‘proq buzayapti: befahm, loqayd onami yoki telefon? Bu birgina holat.

Hammada ham unday emas albatta. Axlat uyumi ustida ochilgan gulga o‘xshab eng yomon muhitdan ham odobli insonlar etishib chiqishi mumkin. Lekin bolaning ongiga faqat salbiy fikr, yomon so‘zlarning “zapis” bo‘lib borishidan kim ko‘proq zarar ko‘radi? Albatta jamiyat! Eng kamida bunday ota-onalardan o‘zlariga o‘xshagan betarbiya, og‘zi buzuq bolalar dunyoga keladi. Avval bitta bo‘lgan bo‘lsa, endi kamida ikkita-uchta bo‘lib mashrutkalar, avtobuslarda boshqalarning tinchini buzishda davom etadi…

Sanjar Said




Mavzuga oid yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Oliy sud 198 nafar qatag‘on qurboniga oqlov hukmi chiqardi 06 мая, 22:00 63
  • O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi 06 мая, 20:51 20
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 202
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 83
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 40
  • So'nggi yangiliklar
  • Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi 07 мая, 00:30 18
  • Masharipov gol urgan o‘yinda "Istiqlol" kambek amalga oshirdi 07 мая, 00:21 36
  • Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi 07 мая, 00:17 14
  • Si Jinping Yevropaga tashrif buyurdi. Unga Putinning «soyasi» hamrohlik qilmoqda 07 мая, 00:07 97
  • Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi 06 мая, 23:45 54
  • Isroilning Harbiy Mahkamasi Rafahga bostirib kirishga ruxsat berdi 06 мая, 23:30 38
  • Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda? 06 мая, 23:06 46
  • Latviya havo kuchlari qo‘mondoni: “Ukraina suverenitetni saqlab qolish uchun hududining bir qismidan voz kechishi kerak” 06 мая, 22:44 156
  • Vitaliy Levchenko: "G‘alabani qo‘ldan chiqardik" 06 мая, 22:29 76
  • Jamshid Saidov: "Birinchi bo‘limda xatolarimiz ko‘p bo‘ldi" 06 мая, 22:21 59
  • Superliga. "Neftchi" o‘yinning so‘nggi daqiqasida g‘alabani qo‘ldan chiqardi 06 мая, 22:17 57
  • Eron chempionati. Oston O‘runovning dubli "Persepolis"ga g‘alaba keltirdi 06 мая, 22:12 145
  • Bo‘limlar