“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 07 2024, 21:40
ЎЗO‘Z

Yo‘lovchi tashish uchun lisenziyani qo‘lga kiritish shartlari

02 avg, 08:51 7 600 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Yo‘lovchi tashish uchun lisenziyani qo‘lga kiritish shartlari SAVOL: Men yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirmoqchiman. Lisenziya va lisenziya kartochkasi olish uchun qanday hujjatlar talab etilishi, murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari va ularni olish uchun qancha pul to‘lanishi haqida ma’lumot bersangiz?
E.EShMURODOV, Sho‘rchi tumani

JAVOB: Ushbu faoliyatni amalga oshirmoqchi bo‘lgan shaxslar lisenziyalovchi organlarga ariza, tadbirkorlik sub’ektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi, mavjud avtotransport vositalarining mulk huquqi, boshqa ashyoviy huquqlar yoki ijara shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlari, avtotransport vositasining texnik jihatdan soz ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar, lisenziya talabgorida haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish imkoniyati mavjudligini tasdiqlovchi ma’lumotlar, ariza ko‘rib chiqilganligi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etishlari lozim.

Barcha zarur hujjatlar ariza bilan birgalikda taqdim etilgan kundan boshlab, 15 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda lisenziyalovchi organ tomonidan lisenziya berish uchun qabul qilinib, bu haqda 3 kun ichida talabgor xabardor qilinadi.

Shundan so‘ng, lisenziya talabgori avtotransport vositasidagi yo‘lovchilar o‘rniga qarab, 50 AQSh dollardan 1000 AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda har bir avtomobil uchun bir yilga belgilangan davlat boji to‘laganlaridan so‘ng lisenziya bitimi imzolanadi va lisenziya rasmiylashtirib talabgorga beriladi.

Savolga O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi bosh yuriskonsulti Ahmedjon JUMANIYaZOV javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Manba: Kun.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 15
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Kadastr sohasida korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan 33 xodim qayta ishga kirib, yana jinoyatga qo‘l urgan 07 мая, 14:04 79
  • So'nggi yangiliklar
  • Turk dunyosining umumiy alifbosi 2026 yilgacha shakllanishi mumkin 07 мая, 21:01 0
  • Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi 07 мая, 20:45 0
  • Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi 07 мая, 20:32 0
  • Xotira – abadiy, qadr – muqaddas! 07 мая, 20:23 0
  • Osiyo chempionati. O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchinchi bo‘ldi 07 мая, 20:02 1
  • Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi 07 мая, 19:36 5
  • AQSH elchisi «oddiy, ammo inqilobiy g‘oya» haqida gapirdi 07 мая, 19:08 13
  • Ovqat yegingiz kelmasligi salomatlikdagi jiddiy o‘zgarishlar alomati bo‘lishi mumkin 07 мая, 18:41 12
  • Fayzullayev Olimpiadada ishtirok etishi borasidagi savolga nima deb javob berdi? 07 мая, 18:18 58
  • Dollar kursi yana «sakradi» 07 мая, 18:02 55
  • Fayzullayevga tanqid qanday ta’sir qildi? 07 мая, 18:00 95
  • Respublika tez tibbiy yordam markazi filiali amaldori qo‘lga olindi 07 мая, 17:45 80
  • Bo‘limlar