“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 06 2024, 18:57
ЎЗO‘Z

Eski kitoblarda yozilishicha, odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish baxtsizlik keltirarkan…

31 iyul, 13:34 9 486 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Eski kitoblarda yozilishicha, odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish baxtsizlik keltirarkan… Bu gap insoniyat paydo bo‘lgandan beri o‘z qudratini yo‘qotmagan. Qadimgilar ham tirik jonzotlarning yuzini tasvirlash faqat Yaratgan egamga xos deya hisoblashgan. Qarangki, muqaddas Qur’oni Karimda ham shu masalaga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Ya’ni, tirik jonzot hisoblanmish odam, hayvon va o‘simliklar suratini chizish taqiqlangan. Shuning uchun ham qadimgi rassomlar o‘zi chizgan suratning yuz qismini hech qachon tasvirlashmagan. Bu amal albatta baloga yo‘liqtirishiga ishonishgan.

Nasroniylar dini esa nafaqat odam, hayvon va o‘simlik, balki oddiy qo‘g‘irchoqlar yuz qismi tasvirlanishini ham azaldan taqiqlagan. Agar qadimiy suratlarga nazar solsak, ularning yuz qismi tasvirlanmaganiga guvoh bo‘lamiz.
Albatta, bu quruq safsata emas. O‘sha paytlardanoq odam, hayvon, o‘simlikning yuz qismini chizgan rassomlar xonadonida, shaxsiy hayotida ko‘ngilsizliklar albatta yuz bergan.

Masalan, dunyoga mashhur rassom Rembrandtni olaylik. U rostdan ham o‘zidan buyuk asarlarni kelajak avlodga qoldirib ketgan. Lekin shunday buyuk rassom ham odamning yuz tuzilishini tasvirlashi evaziga tovon to‘lagan. Uning «Flora» deb nomlangan kartinasida tasvirlagan birinchi rafiqasi surat chizib bo‘lingandan keyin ikki yil o‘tib olamdan o‘tgan. Shu qismat rassomning ikkinchi xotini hayotida ham takrorlangan. Rassom uch farzandining portretlarini ham professional tarzda tasvirlab keng omma e’tiboriga havola etgandi. Baxtga qarshi suratlar tayyor bo‘ldi deguncha uch farzand ham chaqaloqligidayoq rixlat qilgan.

Shunday holatlar Rossiyada ham kuzatilgan. Masalan, 1797 yili o‘z davrining mashhur rassomi Vladimir Borovikovskiy dvoryanlar sulolasi vakilasi Mariya Lopuxina ismli go‘zal ayolning portretini chizdi. Ayol esa surat tayyor bo‘lgach, kutilmaganda olamdan o‘tdi.
Rassom Vasiliy Perov hayotida ham xuddi shunday ko‘ngilsizlik yuz bergan. U o‘smir yigit suratiga qahramon izlab topdi. Shu o‘smir portretga juda mos edi. Ammo bolaning onasi farzandini berishni xohlamadi. Baloga yo‘liqishini aytib zorlandi. Rassom esa amallab ayolni ko‘ndirdi.

Surat tayyor bo‘lgandan so‘ng ikki oy o‘tib o‘smir yorug‘ dunyoni tark etdi.
Bu mavzuda ezoteriklar ham o‘z fikrlarini ilgari surishgan. Ulardan birining aytishicha, surat va tirik jonzotdagi energetika kuchi ko‘p narsaga qodir. Agar tirik jonzotning rassom tarafidan chizilgan surati kuchli energetikaga ega bo‘lsa, yaqin atrofdagilarga ham yo salbiy, yo ijobiy ta’sir o‘tkaza oladi. Mabodo jonzot tanasida suratdagiga nisbatan kuchsiz energetika mavjud bo‘lsa, u ko‘p o‘tmay olamdan o‘tadi. Ayniqsa, ayollar va bolalar bunday xavfga ko‘proq yaqin bo‘lishadi.

Manba: Hordiq.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 50
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi 06 мая, 11:22 466
  • Surxondaryoda Telegram orqali arzon mahsulot sotishini aytib, o‘zganing pulini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi 06 мая, 00:12 48
  • Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi 05 мая, 22:18 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi 06 мая, 17:57 0
  • Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi 06 мая, 16:34 23
  • AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi 06 мая, 16:10 33
  • Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi 06 мая, 15:45 49
  • Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi 06 мая, 15:25 119
  • Braziliyada suv toshqinlari: qurbonlar soni 75 kishiga yetdi 06 мая, 15:00 45
  • Mashhur agent PSJga to‘rtta yulduzni tavsiya qilmoqda 06 мая, 14:38 75
  • Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli” 06 мая, 14:14 20
  • Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi 06 мая, 13:52 103
  • Ishsizlik nafaqasi miqdorini belgilashga aniqlik kiritilmoqda 06 мая, 13:29 50
  • O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi 06 мая, 13:06 26
  • Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda 06 мая, 12:40 107
  • Bo‘limlar