“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 05 2024, 16:26
ЎЗO‘Z

Samarqandda 1 avgust kuni transport qatnovi vaqtincha taqiqlanadi

30 iyul, 23:13 6 862 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Samarqandda 1 avgust kuni transport qatnovi vaqtincha taqiqlanadi Samarqand shahar hokimi Vohid Rahimovning farmoyishiga ko‘ra, 2017 yil 1 avgust kuni soat 06.00 dan 13.00 gacha shaharning ko‘plab ko‘chalarida transport vositalari qatnovi vaqtincha taqiqlanadi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Xabarda aytilishicha, bundan maqsad, Samarqand shahridagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan jamoat tartibini saqlash va yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdir.

Quyida transport qatnovi vaqtincha taqiqlanadigan ko‘chalar ro‘yxati bilan tanishing:

— Amir Temur ko‘chasining Shoxruh Mirzo ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Bo‘stonsaroy ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qismida;

— Universitet xiyoboni ko‘chasining Bo‘stonsaroy ko‘chasidan O.Mahmudov ko‘chasigacha bo‘lgan oraliq qismida (ikki tomonida);

— Shohrux ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Bo‘stonsaroy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Ruhobod ko‘chasida hamda Registon ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyoboni ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Lolazor ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek xiyobonidan Xaymar ko‘chasigacha bo‘lgan qismida hamda Mirzo Ulug‘bek xiyoboni atrofida;

— Nodirabegim ko‘chasining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Siolkovskiy ko‘chasigacha hamda Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan 14-sonli umumta’lim maktabidan keyingi 1-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismida;

— Fitrat ko‘chasiningQadoqchilar ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Ibn Sino ko‘chasining Dahbed ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (Bulvar-Aeroport yo‘nalishi bo‘yicha o‘ng tomon qatnov qismida);

— Dahbed ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Ibn Sino ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Gagarin ko‘chasining Al Xorazmiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (kollej tomon);

— Al-Xorazmiy ko‘chasining 51-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

— Farhod ko‘chasining Kiev ko‘chasi bilan tutashmasidan Gagarin ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Paxtaobod ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Olimpiya zaxiralari kollejigacha bo‘lgan qismida;

— Mirsaid Baraka ko‘chasining Bahodirxon Abdulg‘oziy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— M.Qoshg‘ariy ko‘chasining Amir Temur ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulug‘bek ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Temur Malik ko‘chasining M.Qoshg‘ariy ko‘chasidan A.Jomiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Amir Temur ko‘chasining Isaeva ko‘chasi tutashmasidan Lutfiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Muqimiy va Xo‘ja Ahror Valiy ko‘chalarining G-34 yo‘lidan Termiz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Abdulla Qahhor ko‘chasining Sadriddin Ayniy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan A.To‘qay ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;

— Ali Qushchi ko‘chasidan 29-umumta’lim maktabining yoni bilan ko‘pqavatli turar-joy binolariga kiruvchi tor ko‘chada;

— 63-umumta’lim maktabiga asosiy kirish darvozasi oldidan o‘tadigan tor ko‘chada;

— “Sug‘diyona” istirohat bog‘ining yoni bilan Narpay ko‘chasidan 64-umumta’lim maktabiga kiruvchi tor ko‘chada;

— Ali Qushchi ko‘chasining Samarqand tibbiyot kolleji oldidan o‘tgan qismida;

— Cho‘lpon va Obiddinov ko‘chalarining 18-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

— Ibn Xoldun ko‘chasining 48-umumta’lim maktabi hamda Temir yo‘l kolleji oldidan o‘tgan qismida;

— Samiboyev ko‘chasining 52-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

— Termiz ko‘chasining 22-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

— Amirshohmurod ko‘chasining Panjakent ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdug‘affor Haqqulov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (5-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida);

— NorYoqubov ko‘chasining 9-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

— Bog‘dod ko‘chasining 42-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismida;

— Sartepa maskanida joylashgan 55-umumta’lim maktabi oldidan o‘tgan ko‘chada;

— Turkiston ko‘chasining SamISI 2-son akademik liseyi binosi oldidan o‘tgan qismida;

— U.U.Jo‘raqulov ko‘chasining Samarqand ijtimoiy-iqtisodiyot kolleji oldidan o‘tgan qismida.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Toshkent metropolitenida 1 kunda o‘rtacha qancha yo‘lovchi tashilayotgani ma’lum qilindi 05 мая, 16:11 0
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari... 05 мая, 11:05 252
  • Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin... 05 мая, 10:13 82
  • “Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi? 05 мая, 00:23 140
  • So'nggi yangiliklar
  • Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi 05 мая, 15:48 2
  • Buxoroda birovning nomiga yashirincha onlayn kredit olgan 23 yoshli qiz ushlandi 05 мая, 15:25 10
  • 2024 yil yozida Ukrainadagi urush va Rossiyaning yurishi qanday bo‘ladi? 05 мая, 14:55 75
  • Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi 05 мая, 14:31 138
  • O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi 05 мая, 14:13 42
  • Tayson Fyuri Oleksandr Usikka qarshi jang uchun Ar-Riyodga yetib bordi 05 мая, 13:49 26
  • Gollivudda ham mashhur bo‘lgan hind aktrisalari (foto) 05 мая, 13:23 36
  • UFC 301. Aleksandr Pantoja hakamlar qaroriga ko‘ra Stiv Ersegni mag‘lub etdi 05 мая, 13:00 15
  • O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi? 05 мая, 12:38 78
  • Ikki toifa odamlar bor: ular hech nimani qo‘lga kirita olmaydi 05 мая, 12:11 130
  • Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi 05 мая, 11:48 253
  • Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda! 05 мая, 11:23 94
  • Bo‘limlar