“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 20 2024, 00:01
ЎЗO‘Z

O‘zbekiston Turkiyadan nega zirhlangan mashinalarni xarid qilmoqda?

28 iyul, 19:04 8 140 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekiston Turkiyadan nega zirhlangan mashinalarni xarid qilmoqda? O‘zbekiston hukumati Turkiyadan bir partiya zirhlangan mashinalarni xarid qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Mudofaa vazirligi matbuot-xizmatiga tayangan holda.

Ushbu kelishuv tafsilotlari Turkiya Mudofaa vaziri Nurettin Janikli boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida muhokama qilingan.
"O‘zbekiston Nurol kompaniyasining EJDER 4x4 tipli yengil zirhlangan avtomobillarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. O‘zbekiston tomon o‘z sharoitida 2017 yilning iyul oyida avtomobilni sinovdan o‘tkazdi va olingan natijalardan mamnun bo‘ldi. Ayni vaqtda respublika Mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun ushbu harbiy texnikadan o‘n dona xarid qilish masalasi ko‘rib chiqilmoqda", — deb ta’kidladi harbiy muassasa vakili.

Suhbatdoshning aytishicha, O‘zbekiston tomon Turkiya bilan harbiy-texnik hamkorlikni bundan keyin ham rivojlantirishga tayyor. Buning uchun ayni vaqtda O‘zbekiston hududida shu turdagi avtomobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish va buning uchun Turkiya tomonning sarmoyalarini jalb qilish masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Qayd etish joizki, zirhlangan EJDER 4x4 avtomobili ikki nafar ekipaj uchun mo‘ljallangan bo‘lib sakkiz nafargacha desantlarni tashish imkoniga ega. Avtomobilga turli xildagi qurol-aslahalar o‘rnatilishi mumkin.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Samarqandda maktab o‘quvchisi sinfdosh qizning akasi tomonidan “samosud” qilindi 19 мая, 18:11 200
  • Mansab pillapoyalari: unga kimlar munosib? 19 мая, 17:43 99
  • Angrenda yuk vagonlari relsdan chiqib ketdi 19 мая, 17:22 116
  • «Zudlik bilan 10 ming dollar yuboring, yo‘qsa qizingiz qamaladi...» 19 мая, 15:40 370
  • Ovoz holatiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ma’lum qilindi 19 мая, 13:37 103
  • Toshkentda Gentra avtomashinasi ko‘prikdan quladi 19 мая, 12:30 123
  • So'nggi yangiliklar
  • Putin va Si Szinpin uchrashuvidagi "ishora" shtatlarda vahima uyg‘otdi 19 мая, 23:45 4
  • Putin Xitoy talabalariga qanday maslahat berdi? 19 мая, 23:20 2
  • Mirjalol Qosimov: "Bugun ochiq futbol guvohiga aylandik" 19 мая, 23:01 28
  • Ivan Boshkovich: "Jami 8 ta gol urilgan o‘yinda natija biz uchun ko‘ngildagidek bo‘lmadi" 19 мая, 22:45 32
  • Para dzyudochilarimiz Tbilisi Gran-prisini 5 ta medal bilan yakunlashdi 19 мая, 22:40 16
  • Sobiq razvedkachi: F-16 qiruvchilari Ukraina uchun la’natga aylanadi 19 мая, 22:30 246
  • APL. “Manchester Siti” ketma-ket 4 marta Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi 19 мая, 22:08 72
  • Erdo‘g‘on 1997 yilgi to‘ntarishda ayblangan generallarni afv etdi 19 мая, 21:45 83
  • Superliga. “Navbahor” “Neftchi”ni mag‘lub etdi, “OKMK” esa “So‘g‘diyona”dan ustun keldi 19 мая, 21:22 80
  • Minimal eksport narxlari e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda 19 мая, 21:04 106
  • Xitoy nega Rossiyani qo‘llamoqchi emas? Tahlilchilar – Putinning Pekinga tashrifi haqida 19 мая, 20:23 269
  • Usik va Fyuri natijalar e’lon qilinishidan oldin nimalar haqida suhbatlashgan edi? 19 мая, 19:57 150
  • Bo‘limlar