“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 16:09
ЎЗO‘Z

400 mln. so‘m puli bor fuqarolar Toshkentda doimiy ro‘yxatga olinadi

26 iyul, 11:43 9 097 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
400 mln. so‘m puli bor fuqarolar Toshkentda doimiy ro‘yxatga olinadi Nihoyat qonunchilikka ko‘pchilik kutayotgan o‘zgarish kiritildi, deb yozadi huquqshunos blogger Xushnudbek Xudoyberdiev. Ya’ni Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskasi mavjud bo‘lmagan shaxslar ham uy sotib olish hamda buning evaziga doimiy propiska olish huquqiga ega bo‘ldi.

Buning uchun yangi qurilgan uylardan bahosi kamida eng kam oylik ish haqining 2500 baravari miqdorida uy sotib olish kerak. Bu bugungi hisob bo‘yicha 374 mln. 437 ming 500 so‘m bo‘ladi.

Bundan tashqari shartnomaning 5%i miqdorida davlatga to‘lanadigan boj ham bor. Bu kamida 18 mln. 721 ming so‘m bo‘ladi.

Bundan kelib chiqadiki, Toshkent propiskasiga kirish uchun kamida 393 mln. 159 ming so‘m pulingiz bo‘lishi kerak. Shunda ham uy sotib olasiz, ham propiskaga kirasiz.

Yangi qurilgan uy deganda foydalanishga topshirilganiga kamida 3 yil to‘lmagan uy tushuniladi. Propiskaga kirish uchun Toshkent shahar hokimligining uy foydalanishga topshirilganiga 3 yil to‘lmaganligi haqidagi maxsus ma’lumotnomasi ham kerak bo‘ladi.

Agar mabodo kimdir yangi uylardan birini sotib olib, uni 3 yil ichida boshqaga sotmoqchi, alishtirmoqchi yoki hadya qilmoqchi bo‘lsa, unda notariusdan rasmiylashtirish uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravarini to‘lashi kerak. Bu bugungi kunda 59 mln. 910 ming so‘m degani. Xuddi yangi mashinani 1 yil ichida sotish qimmatligi kabi, yangi uyni 3 yil ichida sotish ham qimmatga tushadi.




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 27
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 113
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 46
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Falastin tarafdorlari namoyishlari butun dunyo universitetlarini qamrab olmoqda 04 мая, 15:45 2
  • Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi 04 мая, 15:21 7
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 16
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 36
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 12
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 42
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 49
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 34
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 30
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 89
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 82
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 126
  • Bo‘limlar