“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Join!
Zamin.uz
, 04 2024, 15:11
ЎЗO‘Z

O‘zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin

21 iyul, 17:30 11 839 Jamiyat
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
O‘zbekistonda qurol olib yurishga ruxsat berilishi mumkin O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi (regulation.gov.uz) portalida “Qurol to‘g‘risida” va “Oliy Majlisning 2001 yil 12 maydagi 222-II sonli “Amalga oshirish uchun lisenziya (ruxsatnoma) talab qilinadigan faoliyat turlari to‘g‘risida” qarori 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi Qonun loyihalari jamoatchilik muhokamasiga kiritildi.

Qonunni ishlab chiqishdan maqsad amaldagi me’yoriy-huquqiy asoslarning to‘liq va mukammal emasligi, yagona mexanizm yo‘qligi va shu sababli vujudga kelayotgan ko‘plab huquqiy anglashilmovchiliklar o‘rnini to‘ldirishdir.

Qonun loyihasi qurollarni ularning qo‘llanilish maqsadidan kelib chiqqan holda quyidagi turlarga bo‘ladi:

fuqarolik;
xizmat;
jangovar.

Fuqarolik qurollari deb fuqarolar tomonidan ov va sport bilan shug‘ullanishlari hamda o‘zlarini mudofaa qilishlari uchun mo‘ljallangan qurollarga aytiladi.

Qonun loyihasida fuqarolar uchun qurollar ham bir necha namunaga tavsiflangan:

1) ov quroli;
2) sport quroli;
3) o‘zini mudofaa qilish uchun qurol;

Xizmat quroli sifatida yuridik shaxslar xizmatchilari tomonidan qonunchilik asosida fuqarolar hayoti va salomatligi, mulki, tabiat va tabiiy zaxiralar, qimmatbaho va xavfli yuklar, maxsus jo‘natmalarni qo‘riqlashda o‘zlariga yuklangan maxsus vazifani bajaruvchi xizmatchilar hamda davlat organlarining yuqori lavozimli mulozimlari o‘zlarini mudofaa qilish maqsadida olib yuradigan qurollar tushuniladi.

Maxsus xizmat topshirig‘iga ega yuridik shaxslar va qurol olib yurishga haqli bo‘lgan davlat organlari rahbarlarining ro‘yxati, ularga beriladigan qurol-yarog‘lar aylanmasi, saqlash, olib yurish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o‘rnatiladi.

Jangovar qurollar sifatida jangovar harakatlar olib borish va xizmat burchini bajarish uchun qonunda belgilangan tartibda Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining davlat feld’egerlik xizmatiga qabul qilingan qurollar tushuniladi.

Harbiy bo‘linmalar, maxsus organlar va birlashmalarda jangovar qurol aylanmasi tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘rnatiladi.

Manba: Qalampir.uz




Mavzuga oid yangiliklar
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi 04 мая, 08:08 21
  • Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi 04 мая, 07:13 93
  • O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi 04 мая, 00:23 43
  • O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi 03 мая, 21:19 75
  • So'nggi yangiliklar
  • Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi? 04 мая, 14:54 0
  • Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi" 04 мая, 14:35 0
  • Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar 04 мая, 14:10 0
  • Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi 04 мая, 13:43 5
  • G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori" 04 мая, 13:18 15
  • Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi 04 мая, 13:02 12
  • Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi 04 мая, 12:00 19
  • Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi? 04 мая, 11:50 54
  • 5 may kuni respublika hududida kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlari 04 мая, 11:46 42
  • "Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi 04 мая, 11:41 61
  • Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi 04 мая, 11:37 47
  • Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi 04 мая, 09:02 239
  • Bo‘limlar